Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Oktabr/2020   Sayyohlik

Turizm sohasida «Tourism. The Path to Innovation» startaplar tanlovi e’lon qilindi


TOShKENT, 19-oktabr. /«Dunyo» AA/. IT Park, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda turizm sohasida startaplar tanlovi e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

«Tourism. The Path to Innovation» — bu mamlakat turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, sohadagi innovatsiyalarni rivojlantirish, mamlakat turizm salohiyati targ‘ib qilish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan startaplar uchun tanlovdir.

Ushbu tanlovning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashning kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi doirasida startaplar va turizm ekotizimini rivojlantirish, shuningdek, mamlakat ichki turizmi va turizm sohasida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Tanlovning umumiy sovrin jamg‘armasi 1,5 milliarddan so‘mdan iborat.
 

Mavzuga oid

Turkiya ommaviy axborot vositalari O‘zbe...

Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonning chet ellik sayyohlar uchun...

Ochiq osmon ostidagi muzey "Ichan-Qal’a"...

Karantin davrida ham muzey xodimlari ish faoliyati to‘xtab qolmadi. Muzeyga tashrif buyuru...

Koronavirus sabab Toj Mahal va boshqa ta...

«Yakshanba kuni jamiyat manfaatlari e’tiborga olinib, Agra shahridagi tarixiy obidalar och...

So`nggi yangiliklar