28/Noyabr/2022 Sport
DUBAY, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabu shahrida sportning “Djiu djitsu” yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar klublari o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Musobaqalarda dunyoning 100 ortiq mamlakatidan 200 nafarga yaqin klublar ishtirok etdi. Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning eng nomdor Osiyo va jahon chempionlari g‘oliblik uchun bellashdilar.
Ushbu musobaqalarda mamlakatimizdagi “Top-Team” klubining 7 nafar sportchisi ishtirok etdi.
Vatandoshimiz Xojiakbar Saminov Djiu-djitsu bo‘yicha jahon chempionatida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Sportchilarimiz umumiy hisobda 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.