Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Oktabr/2020   Madaniyat

Abu Dabidagi “Khawarazmi” xalqaro kolleji markaziy kutubxonasida o‘zbek tili adabiyoti va tarixi burchagi tashkil qilindi


ABU-DABI, 29-oktabr. /“Dunyo” AA/. Birlashgan Arab Amirliklarida o‘zbek tili mavqeini oshirish maqsadida Abu Dabidagi “Khawarazmi” xalqaro kolleji markaziy kutubxonasida o‘zbek tili adabiyoti va tarixi burchagi tashkil qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Shu munosabat bilan elchixona tomonidan “Khawarazmi” xalqaro kolleji markaziy kutubxonasiga o‘zbek tilidagi 20 ga yaqin kitob taqdim etildi.

– Milliy qadriyatlarni asrab-avaylashda til alohida ahamiyatga ega bo‘lgani kabi uni kelajak avlodga yetkazishda kitob ham muhim ahamiyatga ega, – dedi kollej prezidenti Assem Al-Xaj. – O‘zbek tomoniga taqdim qilingan kitoblar uchun minnatdorlik bildiramiz. Birlashgan Arab Amirliklari va kollejimizda o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lganlar kutubxonaga kelib, ushbu kitoblardan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.

Kollej kutubxonasi vakillari sovg‘a qilingan va Al Xorazmiy vatani bo‘lgan O‘zbekiston tarixi va madaniyatini o‘zida aks ettiruvchi noyob kitoblar talabalar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otishiga ishonch bildirildi.

Mavzuga oid

Germaniya nashri: O‘zbekiston ipagi nemi...

Germaniyaning “Rhein-Neckar-Zeitung” gazetasida o‘zbek ipagi, undan tayyorlangan atlas va ...

“O‘zbekkino” Milliy agentligida “Cinema ...

“O‘zbekkino” Milliy agentligida “Cinema Days-2020” kino kunlari doirasida chorshanba kuni ...

Turkiyada Alisher Navoiy tavalludining 5...

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi va O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davl...

So`nggi yangiliklar