03/Fevral/2020 Iqtisodiyot
TOShKENT, 3 fevral, /Dunyo AA/. Afg‘oniston Moliya vazirligi Bojxona departamenti vakillaridan iborat delegatsiya mamlakatimizda bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Qo‘mita rahbariyati bilan uchrashuvda bojxona faoliyatini tashkil etish va narkotiklar aylanmasini oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganish masalalari muhokama qilindi. Amaliy hamkorlik rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi. Mehmonlar mamlakatimiz bojxona xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston – Afg‘oniston bojxona xizmatlari o‘rtasidagi mazkur muloqot BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamda Jahon bojxona tashkilotining Konteynerda tashuvlar ustidan nazorat global dasturi doirasida amalga oshirildi.