Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Fevral/2021   Dolzarb

Afg‘onistondan munosabat:Toshkentda bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuv O‘zbekiston rahbarining tashabbuslari va takliflari samaradorligining amaliy isbоtidir

KOBUL, 4-fevral. /“Dunyo” AA/. Afg‘oniston, Pokiston va O‘zbekiston delegatsiyalari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari vakillari ishtirokida Toshkentda  o‘tkazilgan «Mozori-Sharif – Kobul - Peshovar» temir yo‘li  qurilish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi uchrashuv tafsilotlari Afg‘oniston ommaviy axborot vositalari tomonidan keng tahlil etilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri


Xususan, «Tolo Nyuz», «Ariana TV», «Televizioni Milliy Afganistan», «Ayna TV», “Orzu” va boshqa telekanallar Toshkentdagi muzokaralar to‘g‘risida qator reportajlar tarqatdi.

Materiallarda ushbu loyiha mintaqadagi eng muhim dasturlardan biri ekani va Afg‘onistonni tranzit markaziga aylantirish yo‘lidagi ulkan qadam bo‘lishi taʼkidlangan.

Shuningdek, telekanallar ushbu loyihaning mintaqa mamlakatlari, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarini bog‘laydigan ko‘prik sifatida ahamiyati to‘g‘risida ekspert xulosalarini taqdim etdi.

Shuningdek, Afg‘oniston jamoatchiligi O‘zbekiston hukumatidan Toshkent uchrashuvini muvaffaqiyatli o‘tkazgani va AIRga iqtisodiy yordam ko‘rsatgani uchun chuqur minnatdor ekani qayd etilgan.

Afg‘oniston Milliy yarashish bo‘yicha Oliy Kengashi rahbarining maslahatchisi Abdul Xalil Karluk “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida ushbu tadbir yakunlari mintaqaviy hamkorlikni yana-da kengaytirishga yordam berishiga ishonch bildirdi.

- Toshkentda o‘tkazilgan samarali munozaralar va «Mozori-Sharif - Kobul – Peshovar» transfg‘on temir yo‘lini qurish loyihasining amlga oshirilishi ishtirokchi mamlakatlar uchun nafaqat katta iqtisodiy foyda keltiradi, balki xalqlarimiz o‘rtasidagi buyuk do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi, - dedi u. - O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan uch tomonlama ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi yana bir bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkatat Mirziyoyevning afg‘on yo‘nalishidagi tashabbuslari va takliflari samaradorligidan dalolat beradi. Bugungi kunda Afg‘onistonning har bir aholisi mamlakatda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishda O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilayotgan kuchli va keng ko‘lamli yordamni chuqur his qilmoqda. Biz respublikangiz rahbariyati tomonidan Afg‘onistonga nisbatan olib borilayotgan ochiq, xayrixoh va amaliy siyosatni to‘liq qabul qilamiz va qo‘llab-quvvatlaymiz. Shu munosabat bilan Afg‘oniston hukumati o‘zaro manfaatli va yaxshi qo‘shnichilik hamkorligini yana-da rivojlantirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishda davom etadi.

Mavzuga oid

Yevropa O‘zbekiston Prezidentining “yash...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yashil o‘sish va global maqsadlar yo‘lida h...

Fransiyadan munosabat: O‘zbekiston tasha...

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyal...

Turkiyadan munosabat: O‘zbekiston taraqq...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu gazeta bosh muharriri bilan «Yangi O‘...

So`nggi yangiliklar