Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Yanvar/2021   Jamiyat

Ajdodlarning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat Yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi muhim tayanchlardan biridir – fransiyalik ekspert


PARIJ, 24-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi tafsilotlari Fransiya keng jamoatchiligi vakillarida ham katta qiziqish uyg‘otdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Benua Mayer, “Athleting Club” sport agentligi rahbari:

- O‘zbekiston Prezidentining tarix va kelajak avlodlarni o‘zaro bog‘lovchi rishtalarni mustahkamlash, yosh avlodda mamlakatning boy tarixiy an’analariga chuqur hurmat hissini tarbiyalash borasidagi fikrlari bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.

Barchaga ma’lumki, O‘zbekiston tarixi uzoq o‘tmishni qamrab olgan, u madaniy-ma’rifiy va sport an’analariga boy mamlakat.

Ajdodlarning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat Yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi muhim tayanchlardan biridir.

Mening nazarimda, boy ma’naviyat va ma’rifat - bu milliy an’analarni hurmat qilish, ularni saqlash va rivojlantirish orqali ma’naviy birlashuvni yanada yuksaltirishni anglatadi.

Shuni ta’kidlamoqchimanki, biz mulohaza yuritayotgan sohani taraqqiy toptirish uchun tarix va u bilan bog‘liq fanlarni rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Yuqoridagi yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun O‘zbekiston rahbariyati tomonidan tizimli sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda, ushbu jarayon keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Mavzuga oid

«Oltin qalam» Milliy mukofoti uchun xalq...

Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida jurnalistika sohasida «Oltin qalam» XV Milliy ...

O‘zbek tili – buyuk madaniyatga ega xal...

Mamlakatimizning Misrdagi elchixonasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 31...

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti...

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Nusratulla Barakaev Moskva davlat texnolo...

So`nggi yangiliklar