Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Avgust/2020   Jamiyat

AKFA universiteti Yaponiyaning yetakchi davlat oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qiladi


TOShKENT, 4 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning xususiy oliy o‘quv yurti — AKFA universiteti Nagoya shahri universiteti (Nagoya City University) bilan akademik hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri universitet manbasiga asoslanib.

Shartnomasiga ko‘ra, akademik materiallar, nashrlar va ma’lumotlar almashinuvi O‘zbekiston va Yaponiya universitetlari hamkorligining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Shu bilan birga, AKFA universiteti va “Nagoya City University” hamkorligida tadqiqot va turli simpoziumlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

— AKFA universiteti o‘z oldiga ulkan rejalar qo‘ygan yosh oliy o‘quv yurtidir. Universitetning asosiy maqsadi mamlakatimiz yoshlariga sifatli ta’lim taqdim etish, — dedi universitet rektori Behzod Jalilov. — Bu maqsadga erishish uchun biz dunyoning yetakchi o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni kengaytiramiz va “Nagoya City University” bilan hamkorlikni boshlaganimizdan mamnunmiz.

AKFA universiteti o‘z faoliyatini 2019-2020 o‘quv yilidan boshladi. Oliy o‘quv yurtida ta’lim jarayoni Janubiy Koreyaning Gachon universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Hozirgi kunda Gachon universiteti tibbiyot yo‘nalishida bakalavriat kurslarini taklif etmoqda. 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab AKFA universiteti xorijlik hamkorlar bilan yangi yo‘nalishlarni ochishni rejalashtirgan.

Mavzuga oid

«101 vatandosh izidan» ekspeditsiyasi a'...

Inson xotira bilan tirik, qadri bilan ulug‘dir. Shu boisdan ham mamlakatimizda har yili 9 ...

O‘zbekiston - Markaziy Osiyoda mintaqavi...

Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning 134 mamlakati bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatgan va...

O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasi siy...

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi “B’nai B’rith International” xalqaro nodavlat t...

So`nggi yangiliklar