Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Mart/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Alisher Navoiy g‘azallari chuvash tilida yangradi


QOZON, 3-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsuli Fariddin Nasriyev Chuvash Respublikasiga amaliy safar qilib, Rossiyaning mazkur mintaqasi rahbariyati, ishbilarmon doiralari vakillari bilan muzokaralar olib bordi, o‘zbekistonlik talabalar va vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Cheboksari shahridagi Xalqlar do‘stligi uyida Bosh konsulxona, “Chuvash Respublikasining O‘zbek madaniy markazi” jamoat tashkiloti va  Chuvashiya xalqlari assambleyasi hamkorligida buyuk shoir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan navoiyxonlik kechasi uyushtirildi. Tadbirda davlat va jamoat tuzilmalari vakillari, o‘zbekistonlik talabalar, o‘zbek diasporasi faollari ishtirok etdi.

Anjumanni Rossiya Davlat Dumasi deputati Leonid Cherkesov kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘zbek va  chuvash xalqlari o‘rtasidagi azaliy rishtalar, O‘zbekiston va Chuvashiya o‘rtasidagi madaniy hamkorlik istiqbollari haqida fikr yuritdi. Deputat Alisher Navoiy g‘azallari chuvash tiliga tarjima qilingani, ular sevib mutolaa qilinishini taʼkidladi, tarjima jarayonida ko‘rsatilgan ko‘mak uchun Bosh konsulxona vakillariga minnatdorlik bildirdi.

Bosh konsul Fariddin Nasriyev, o‘z navbatida, turli sohalarda O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi rivojlanib borayotganini qayd etdi.  Tadbir Chuvashiya Xalqlar do‘stligi uyida o‘tkazilayotgani o‘zbek va chuvash xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarning yana-da mustahkamlanishiga hissa qo‘shishini taʼkidladi. Bunday uchrashuvlar O‘zbekiston va Chuvashiya o‘rtasidagi do‘stlik yil sayin mustahkamlanib borayotganining yorqin dalili bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tadbirda adabiy kechani tashkil etishdagi faol ko‘magi uchun O‘zbek madaniy markazi rahbari Abduvali Ergashevga mamlakatimiz Bosh konsulxonasi hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat vazirligi nomidan minnatdorlik xati va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Rossiya musulmonlari maʼnaviy assambleyasi vakili Aziz Abbosov Chuvash Respublikasining O‘zbek madaniyat markazi faoliyatini ijobiy baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur jamoat tashkiloti ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yana-da rivojlantirish uchun mustahkam ko‘prik bo‘lib xizmat qilmoqda.

Buyuk o‘zbek shoiri va davlat arbobi Alisher Navoiy g‘azallari chuvash tilida yangradi. “Sarpike” va “Yalkin” xalq raqs ansambllarining konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Mavzuga oid

Tojikistonda «Mahalla – jamiyatimizning ...

Bugun O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasida mamlakatimizda mahalla institutini rivo...

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi mad...

Mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan madaniyat, shu jumladan taʼlim yo‘nalishidagi alo...

O‘zbekiston va Qozog‘iston musulmonlari ...

Kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasida Qozog‘iston musulmonlari idorasining Haj va umra ...

So`nggi yangiliklar