Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Fevral/2020   Jamiyat

Anons. "O‘zekspomarkaz"da fevral-aprel oylarida o‘tkazilishi kutilayotgan tadbirlar


TOSHKENT, 1 fevral'. /“Dunyo” AA/. 2020 yil fevral-aprel oylarida poytaxtimizdagi "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazma majmuasi pavil'onlarida turli sohalarda xalqaro darajadagi qator ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, 25-28 fevral' kunlari "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazma majmuasi» ochiq aksiyadorlik jamiyati pavil'onlarida "Build Tech 2020" va "Uz Build Tashkent 2020" xalqaro ko‘rgazmalari tashkil etiladi.

Ushbu  xalqaro ko‘rgazmalar World Build Tashkent/UzBuild Tashkent xalqaro qurilish ko‘rgazmasining bir qismi hisoblanadi.

Shuningdek, 11-13 mart kunlari markazda sohadagi eng muhim voqealardan biri - "Qishloq xo‘jaligi - AgroWorldUzbekistan 2020" XV-xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.

Bu anjuman xalqaro miqyosdagi eng yirik tadbirlardan biri bo‘lib, uni tayyorlash va o‘tkazishda mamlakatimiz Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Fermer xo‘jaliklari uyushmasi, boshqa davlat idoralari, birlashmalar va xorijiy mamlakatlarning elchixonalari ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda.

Aytish joizki, AgroWorldUzbekistan xalqaro darajadagi samarali biznes-tadbir sifatida tan olingan.

24-26 mart kunlari "InterPackExpo-2020" IV xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazilishi belgilangan. Unda qadoqlash sanoati uchun texnologiya va uskunalarni namoyish etiladi.

Mazkur tadbirda ishtirok etish qadoqlash uskunalari, materiallari va tayyor qadoqlash mahsulotlarini sotish geografiyasini kengaytirishga yordam beradi.

“UzFood 2020” ko‘rgazmasi 1-3 aprel' kunlariga rejalashtirilgan.

Mazkur tadbir ham har yili oziq-ovqat sanoatining yetakchi mutaxassislarini bir joyga to‘playdigan yirik xalqaro tadbir hisoblanadi.

Mamlakatimizdagi eng yirik oziq-ovqat ko‘rgazmasi sanalgan ushbu forumda o‘tgan yili 25 mamlakatdan 208 eksponant qatnashgan.

“Markaziy Osiyo metalllari bozori 2020” ko‘rgazmasi 9-10 aprel' kunlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Tadbir doirasida Toshkent shahridagi City Palace mehmonxonasida "Markaziy Osiyo metalllari bozori" II  Xalqaro konferensiyasi ham tashkil etiladi.

 “Stomatologiya. O'zbekiston 2020”, “AptekaExpo Central Asia/ TechPharm 2020” va “TIHE 2020” yarmarkalari 21-23 aprel' kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

 “TIHE 2020”  ko‘rgazmasi olimlar, tibbiyot muassasalari rahbarlari va amaliyotchilar o‘rtasida tajriba almashish uchun an'anaviy maydonga aylangan. Tadbir doirasida tibbiyot sohasidagi yutuqlar, turli kasalliklarni tashxislash va davolashning yangi usullari bo‘yicha taqdimotlar uyushtiriladi.

27-28 aprel' kunlari Green Energy Future Central Asia 2020 - ko‘rgazmasini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 

GEFCA 2020 - mintaqa uchun xavfsiz, arzon va kam uglerodli energiya kompleksini yaratishga qaratilgan yechimlar uchun biznes platforma hisoblanadi. Unda mingdan ortiq mutaxassis qatnashishi kutilmoqda. Shuningdek,  ko‘rgazma doirasida bo‘lib o‘tadigan ilmiy-amaliy konferensiyada 80 dan ortiq sanoat korxonasi rahbarlari o‘z ma'ruzalari bilan qatnashadi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston adliya vaziri Facebook orqal...

O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov kecha Facebookdagi «Xalq bilan muloqot/Dialog...

O‘zbekistonda tergov va jazoni ijro etis...

Bosh prokuraturada davlatimiz rahbarining «Tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish fao...

Diniy bag‘rikenglikni taʼminlashda Marka...

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida «Diniy bag‘rikenglikni taʼminlashda Markaziy Osiyo...

So`nggi yangiliklar