Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Dekabr/2021   Mustaqillikka 30 yil

Anqarada O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi keng nishonlandi

ANQARA, 14-dekabr. /«Dunyo» AA/. Turkiya poytaxti Anqara shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi tadbirlari doirasida ushbu mamlakat davlat va jamoat tashkilotlari, diplomatiya korpusi vakillari, vatandoshlarimiz ishtirokida tantanali qabul marosimi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


O‘zbekiston elchisi Alisher A’zamxo‘jayev mehmonlarni qutlar ekan, ushbu tadbir 14-17 dekabr kunlari Turkiyaning yirik shaharlarida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston madaniyat kunlarining o‘ziga xos debochasi ekanini ta’kidladi. 

“Bundan qariyb 30 yil avval Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini tan olish haqida muhim tarixiy qarorni qabul qilgan edi. O‘zbekiston birodar Turkiyaning ushbu qarorini doimo chuqur minnatdorlik bilan eslaydi!” – dedi diplomatiya missiyasi rahbari. 

Tadbirda Turkiya sobiq bosh vaziri va Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim, Turkiya Prezidentining Bosh maslahatchisi Yalchin To‘pchu, Turkiya Prezidenti huzuridagi Inson resurslari ofisi raisi Salim Atay, Anqara shahri hokimi Mansur Yavash, Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi o‘rinbosari Sureyya Sa’di Bilgich va boshqa ko‘plab yuqori martabali mehmonlar ishtirok etdi. 

Bayram tantanasi o‘zbekistonlik san’atkorlar ijrosidagi milliy kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi. So‘ngra mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari va boshqa noz-ne’matlar tortiq etildi. 

Ta’kidlash joiz, so‘nggi besh yilda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari sifat jihatidan mutlaqo yangi darajaga yuksaldi. Ikki qardosh mamlakat o‘rtasida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashi ta’sis etildi. 1 milliard dollar atrofida bo‘lgan o‘zaro savdo hajmi joriy yil yakuni bo‘yicha 3 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

Joriy yilning o‘zida O‘zbekistonda turk kapitali ishtirokida 400 dan ko‘proq yangi kompaniya tashkil etildi. Jami turk sarmoyasi jalb etilgan shirkatlar soni 2 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. Ushbu raqamlar izchil yuksalib borib, kelgusi yil o‘zaro savdo ko‘rsatkichi Prezidentlarimiz belgilagan marra - 5 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiat...

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligin...

O‘zbekiston Prezidenti davlatimiz Mustaq...

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda yuzdan ziyod xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahb...

Yangilanayotgan O‘zbekiston: Toshkent sh...

Yangilanayotgan O‘zbekiston: Toshkent shahridagi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich

So`nggi yangiliklar