Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Sentabr/2021   Saylov - 2021

Antaliyadagi vatandoshlar O‘zbekiston Prezidenti saylovida o‘zlari tanlagan munosib nomzodga ovoz beradi


ANQARA, 25-sentabr. «Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan Antaliyadagi Akdeniz universititetida tahsil olayotgan vatandosh-talabalar hamda ushbu viloyatda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimiz bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Uchrashuv ishtirokchilariga joriy yilning 24 oktabr kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston Prezidenti saylovi to‘g‘risida, jumladan, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, saylovlarda qatnashayotgan beshta siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari hamda muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatlari va shart-sharoitlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Turkiyadagi fuqarolarimizning saylovda ovoz berishi uchun O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi va Istanbuldagi Bosh konsulxonasida saylov uchastkalari faoliyat yuritayotgani, mamlakatning boshqa shaharlarida tashkil etiladigan muddatdan oldin ovoz berish nuqtalari, ovoz berish tartib-qoidalari, shuningdek, chet eldagi O‘zbekiston fuqarolari uchun Tashqi ishlar vazirligining saylov.mfa.uz sayti yaratilgani haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

Vatandoshlarimiz saylovda faol ishtirok etishga chaqirildi.

Mavzuga oid

Ashxobodda O‘zbekiston Prezident saylovi...

Mamlakatimizning Turkmanistondagi elchixonasida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishla...

Dubayda bo‘lib o‘tgan uchrashuv muhim si...

Mamlakatimizning Dubay (BAA) shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari joriy yil 24 oktabrda ...

Markaziy saylov komissiyasi: yana 411 na...

Bugun Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

So`nggi yangiliklar