Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Iyul/2020   Siyosat

AQSh Birlashgan Millatlar Tashkilotiga JSSTdan chiqish to‘g‘risidagi bildirishnomasini taqdim qildi


TOSHKENT, 8 iyul. /«Dunyo» AA/. Amerika Qo‘shma Shtatlari kecha, 7 iyul kuni BMT Bosh kotibi Antonio Guterreshni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqish to‘g‘risida rasman xabardor qildi, deb xabar bermoqda ֿ«Dunyo» AA muxbiri Rossiyaning «Kommersant» gazetasi manbasiga tayanib.

Nashrning xabar berishicha, qaror 2021 yil 6 iyulda kuchga kiradi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari tashkilotga asos solingan 1948 yildan buyon a’zo sanaladi. Amerika Qo‘shma Shtatlari JSSTga a’zolik uchun har yili taxminan 450 million dollar to‘laydi.

Hozirda JSSTga 194 mamlakat a’zo. Tashkilotdan chiqish shartlariga ko‘ra, mamlakat bir yil davomida bildirishnoma yuborishi va majburiyatlarni to‘liq bajarishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, AQSh joriy yilning may oyi oxirida JSST bilan munosabatlarda «tanaffus» e’lon qilingan edi.

Mavzuga oid

YEOII bilan hamkorlikning ustuvor jihatl...

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik masalasini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Re...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vashing...

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiy...

Milliy muvofiqlashtiruvchilar navbatdag...

Bugun Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar milliy muvofiqlashtiruvchilarin...

So`nggi yangiliklar