Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Oktabr/2021   Parlament

AQSH Kongressi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi


VASHINGTON, 12-oktabr. /«Dunyo» AA/. AQSH Kongressi delegatsiyasi kecha O‘zbekiston-AQSH strategik sherikligini, jumladan, mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish hamda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish maqsadida O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA  muxbiri.

Amerika delegatsiyasi tarkibidan Kongress Vakillar palatasi tashqi ishlar bo‘yicha vo‘miatsi raisi, kongressmen-demokrat Gregori Miks (Nyu-York shtati), Osiyo, Tinch okeani va Markaziy Osiyo mintaqasi hamda Yadro qurolining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha kichik qo‘mita rahbari, demokrat-kongressmen Ami Bera (Kaliforniya), Amerika parlamentining eng yosh qonun chiqaruvchisi, demokrat-kongressmen Sara Jeykobs (Kaliforniya), shuningdek, demokrat-kongressmen Kolin Ollred  (Texas)  o‘rin olgan.

Amerikalik qonun chiqaruvchilar  Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev bilan muzokaralar o‘tkazdi. AQSH delegatsiyasi, shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rahbariyati va talabalari bilan uchrashdi.

Eslatib o‘tamiz, bu AQSH Kongressi delegatsiyalarining mamlakatimizga bir hafta ichidagi ikkinchi tashrifidir. 4-7 oktabr kunlari amerikalik kongressmenlar O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashrif davomida parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, Nebraska, Kolorado va Texas kabi yetakchi shtatlar bilan hamkorlik loyihalari va dasturlar muhokama qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston delegatsiyasi Britaniya tash...

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya unive...

Xalq vakillari «Vijdon erkinligi va dini...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida xalq vakillari «Vijdon erkinligi...

O‘zbekistonda eksportni rivojlantirishda...

«O‘zbekiston Respublikasida eksportni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash: mavjud...

So`nggi yangiliklar