Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Aprel/2022   Toshkent xalqaro investitsiya forumi

AQSH tahlil markazi O‘zbekistonning davlat aktivlarini xususiylashtirishi to‘g‘risida

 VASHINGTON, 10 aprel. /“Dunyo” AA/. Amerikadagi "Kaspiy siyosati markazi" («Center For Caspian Policy») tahlil markazi birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlari va O‘zbekistonning xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosatiga bag‘ishlangan "O‘zbekiston xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha xususiylashtirish va boshqa iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda" sarlavhali maqolani eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda qayd etilishicha, 24-26 mart kunlari O‘zbekiston poytaxtida birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi, uning yakunlari bo‘yicha  7,8 milliard dollarlik investitsiya bitimlari va shartnomalar hamda 3,5 milliard dollar hajmidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgani eʼlon qilindi.

O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya jalb qilish Prezident Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy samaradorlikni oshirish borasidagi keng qamrovli saʼy-harakatlarining asosiy elementi hisoblanadi, deb yozadi Amerika tahlil markazi. Bu yo‘nalishdagi saʼy-harakatlar doirasida 18 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yana-da qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzolagani maʼlum qilingan.

Maqolada, shuningdek, yaqin yillar ichida hukumat kimyo, turizm sanoati va boshqa sohalardagi 627 ta korxonani to‘la xususiylashtirishni rejalashtirayotgani alohida taʼkidlangan. Davlat mulki bo‘lgan ayrim ko‘chmas mulk va yer uchastkalari elektron ariza orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn auksionlarga qo‘yiladi. Eng yirik korxonalarning davlat aksiyalari milliy va xorijiy nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarga sotiladi.

“Xususiylashtirish bank sektorida ham amalga oshiriladi. Markaziy bank maʼlumotlariga ko‘ra, hukumat barcha bank aktivlarining 82 foizini nazorat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, maqolada iqtisodiy va siyosiy islohotlar lozim darajada hayotgan tadbiq etililsa va ular yana-da tmustahkamlansa O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng muvaffaqiyatli iqtisodiyotlardan biriga aylanish salohiyatiga ega bo‘ladi. Bunday faol tashabbuslar, jumladan, Toshkent xalqaro investitsiya forumi bozorni erkinlashtirish va iqtisodiy ochiqlik yo‘lida tashlangan muhim qadamdir”, - deb yozadi «Center For Caspian Policy») tahlil markazi.

 

 

Mavzuga oid

Belgiyada Toshkent xalqaro investisiya f...

Belgiyaning «Buscardini Communications» veb-saytida joriy yilning 5-6 mart kunlari Toshken...

Polshada Toshkent xalqaro investitsiya f...

«Polsha-Osiyo» savdo-sanoat palatasida O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va joriy yil 5...

O‘zbekiston Prezidentining birinchi Tosh...

Davlatimiz rahbarining nutqida aks etgan so‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilgan mak...

So`nggi yangiliklar