Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Oktabr/2021   Saylov - 2021

AQSHda O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish davom etmoqda


 NYU-YORK, 19 oktyabr. /“Dunyo” AA/. 17-18 oktyabr kunlari O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi huzurida tuzilgan saylov uchastkasi va mamlakatimizning BMTdagi doimiy missiyasi AQSHning Filadelfiya, Pittsburg (Pensilvaniya) va Chikago (Illinoys) shaharlarida O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Taʼkidlash kerakki, yangi O‘zbekiston hayotidagi ushbu muhim siyosiy voqea AQSHda yashayotgan yurtoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinmoqda. Ular o‘z fikr-mulohazalarida Vatandan uzoqda bo‘lishiga qaramay, o‘z konstitutsiyaviy huquqini to‘lqonli amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Olim Sharipov, Chikagodagi O‘zbekiston-Amerika uyushmasi raisi:

- Bugun biz uchun unutilmas voqea bo‘ldi. Chikago va uning atrofida yashovchi o‘zbekistonliklar konstitutsiyaviy huquqimizdan foydalanib, O‘zbekiston Prezidenti saylovida mudatidan oldin ovoz berishda ishtirok etayapmiz.

Men o‘z tanlovimni amalga oshirdim. Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimni saylovda faol ishtirok etishga chaqiraman.

Oydinoy Nazarova, saylovchi:

- Men ham vatandoshlarimizni faol bo‘lishga undayman. Bu ona Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadbir tashkilotchilariga, jumladan, O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi diplomatik missiyalari va “Pittsburgdagi o‘zbekistonliklar jamiyati” diaspora uyushmasi vakillariga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.

Ovoz berishda ishtirok eting va tanlovingizni amalga oshiring!

Nilufar Olimjonova, saylovchi:

- Muddatidan ovoz berish jarayonida butun oilamiz bilan qatnashdik. Ushbu saylov jarayoni tashkil etilganidan juda mamnunmiz. Ishonchim komilki, ovozimiz muhim ahamiyatga ega va O‘zbekistonning yana-da rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Bahodir Qudratov, saylovchi:

- O‘zbekiston diplomatiya korpusi tashkilotchiligi bilan Filadelfiyada tashkil etilgan muddatidan oldin ovoz berish jarayoni muvaffaqiyatli o‘tdi. Yaratilgan barcha shart-sharoitlar saylov qonunchiligi va belgilangan qoidalarga ko‘ra tashkil etildi.

Yurtdoshlarimizning so‘zlariga ko‘ra, Nyu-York shahridagi saylov uchastka komissiyasi muddatidan oldin ovoz berishning ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Saylovning ochiq va oshkora bo‘lib o‘tayotgani mahalliy ommaviy axborot vositalarida ham yoritilmoqda.

Mavzuga oid

Belgiyadan munosabat: Biz tanlagan nomzo...

Mamlakatimizning Belgiyadagi elchixonasi huzurida tuzilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovi...

Pokistonlik xalqaro kuzatuvchi: O‘zbekis...

O‘zbekiston Prezidenti saylovida ilk bor xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etayapman

O‘mondan munosabat: Saylov uchastkalarid...

O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish uchun yurtimizda bo‘lib turgan O‘mon Sultonligin...

So`nggi yangiliklar