Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

AQSHdagi vatandosh: Har bir inson o‘zining va yaqinlarining taqdiriga hamda kelajagiga befarq bo‘lmasligi kerak

NYU-YORK, 28-iyun. /“Dunyo” AA/. AQSHning Filadelfiya shahridagi “Yurtdosh” diasporal jamiyati rahbari Sharofiddin Ziyomov O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqidagi fikr-mulohazalarini yo‘lladi, - deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


- AQSHning Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahridagi jamiyatimiz faollari bilan maslahatlashgan holda O‘zbekiston konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish yuzasidan biz ham ko‘pchilik vatandoshlarimiz qatori o‘z takliflarimizni konstitutsiyaviy komissiya ixtiyoriga yuborgan edik.

Takliflarimizdan biri xorijda o‘z mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklarga tizimli g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bilan bir qatorda tadrijiy ravishda tashkillashtiriladigan bayram va tantanalar arafasida milliy urf-odatlarimizni tarannum etadigan ko‘rgazmalarni muntazam tashkillashtirishga oid edi.

Mazkur ko‘rgazmalarda o‘zbekistonlik hunarmandlar o‘z ijod mahsullarini keng ommaga taqdim etish bilan bir qatorda, oxirgi vaqtlarda tantanalarimizda faollik ko‘rsatayotgan mahalliy aholi (amerikaliklar) O‘zbekiston haqida yana-da ko‘proq tushuncha va maʼlumotlarga ega bo‘lishi uchun xizmat qiladi.

Har bir inson o‘zining va yaqinlarining taqdiriga hamda kelajagiga befarq bo‘lmasligi kerak hamda jamiyat hayotida katta o‘rin tutgan asosiy Qomus matnini ijodkori bo‘lish imkoniyatidan foydalanishi shart.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning konstitutsiyaviy islohot...

Janubiy Koreyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari zamonaviy O‘zbekistonda kechayotgan...

AQSHdagi vatandosh: Konstitutsiyaga kiri...

San Fransisko universiteti (AQSH) magistranti Botirjon Azizov mamlakatimizda umumxalq muh...

O‘zbekiston Prezidenti: Yangilangan Kons...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan ...

So`nggi yangiliklar