Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

AQSHdagi vatandoshimiz: Bosh qomusimiz loyihasiga kiritilgan inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlari bilan bog‘liq masalalar - oliy qadriyatlardir

VASHINGTON, 27-iyun. /“Dunyo” AA/. AQSHning Kaliforniya shtatidagi Berkli universiteti professori Shohzod Tohirov O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


-Bashariyat texnologik transformatsiya jarayonlaridan dadillik bilan odimlar ekan, tegishli qonunlar ham mutanosib bo‘lishi lozim.

Konstitutsiya xalq bilan hukumat o‘rtasidagi konsensus asosidagi kelishuv hujjati bo‘lib, mazkur qomus ijodkorligida barchani faol qatnashishga chaqiraman.

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Yangi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha ilgari surilgan bir qator takliflar bilan tanishib chiqar ekanman, beixtiyor o‘zim uchun shuni chuqur his qildimki, aynan shu qo‘shimchalar sababli ham konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazish zarurati mavjud.

Shu o‘rinda, Bosh qomusimiz loyihasidagi inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlari masalasi so‘zsiz eng oliy qadriyatlardir. Mamlakat rivojlanishi uchun faqatgina iqtisodiy islohotlar yetarli emasligini rivojlangan davlatlar, jumladan, AQSH misolida ko‘rib turibmiz.

O‘zbekiston rivojlanishi jarayonida inson huquqlari masalalari benihoya muhim va eʼtibortalab soha ekanligi shubhasiz.

Agarda yangi Konstitutsiya loyihasida keltirilgan o‘zgartirishlar xalq referendumida tasdiqlanib, qabul qilinsa hamda hayotga tadbiq etilsa, bu jarayon – O‘zbekistonning jadal rivojlanishi yo‘lida qo‘yilgan muhim tarixiy qadamlardan biri, deb baholash mumkin.

Mavzuga oid

BAAdagi vatandosh: Konstitutsiyamizga ki...

Birlashgan Arab Amirliklarida vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan faol v...

Saudiya Arabistonidagi vatandosh: O‘zbek...

Jidda shahridagi Islom taraqqiyoti banki instituti moliyaviy tahlilchisi, vatandoshimiz A...

AQSHdagi vatandosh: O‘zbekistondagi islo...

AQSHning Kaliforniya shtati San-Fransisko ko‘rfazidagi «Uzbek Community Center of San Fra...

So`nggi yangiliklar