Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Avgust/2022   Dolzarb

AQSHdan munosabat: Bu tarixiy uchrashuv O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlikni boyitish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashning kuchli omili bo‘lib xizmat qiladi

VASHINGTON, 19 avgust. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Podshohligiga davlat tashrifi Amerika Qo‘shma Shtatlari ekspert doiralari va ommaviy axborot vositalari ham diqqat markazida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Xususan, Amerikaning “EIN Presswire” internet yangiliklar xizmati hukumatning rasmiy maʼlumotlariga tayangan holda yozganidek, Saudiya Arabistonida bo‘lgan chog‘ida O‘zbekiston rahbarini Makka mintaqasi rahbarlari, investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih va boshqa rasmiylar kutib olishdi.

“Jidda shahridagi “Qasr Al-Salom” saroyida O‘zbekiston Prezidenti va SAP Valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, tomonlar turli darajadagi aloqalarni faollashtirish masalalarini muhokama qildilar”, deb yozadi yangiliklar xizmati.

Bundan tashqari, mazkur uchrashuv ikki mamlakatning umumiy fikr va intilishlarini namoyish etganiga alohida urg‘u berilgan. Saudiya Arabistonida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan “Nigoh- 2030” davlat dasturi yuqori baholandi. U Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining maqsad va vazifalariga hamohangdir. Ikki mamlakat raqamli va “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini hayotga tadbiq etishga katta eʼtibor qaratmoqda.

Ishbilarmonlarning aloqalari uchun yana-da qulay sharoitlar yaratish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, uning tizimini diversifikatsiya qilish zarurligi qayd etilgani ham o‘quvchilarning eʼtiboriga havola qilingan. “Tarixiy uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni boyitish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash uchun kuchli omil bo‘lib xizmat qiladi”, deb yozadi “EIN Presswire”.

Shuningdek, maqolada O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani, uning yakunlari bo‘yicha energetika, kimyo, elektrotexnika, infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, transport sohalarida 14 milliard dollardan ortiq shartnoma va bitimlar imzolangani qayd etilgan.

Xabar qilinishicha, O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistonining Shanxay hamkorlik tashkilotida Muloqot bo‘yicha sherik maqomini olganini ham mamnuniyat bilan olqishladi.

Muzokaralar yakunida energetika, bojxona, fuqaro aviatsiyasi, turizm, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, mehnat munosabatlari va boshqa sohalarda imzolangan hujjatlar almashilgani taʼkidlanadi «EIN Presswire» nashrida eʼlon qilingan maqolada.

O‘z navbatida, Energetika iqtisodiyoti va moliyaviy tahlil institutining (Detroyt, Ogayo shtati) internet tarmog‘idagi veb-sahifasida chop etilgan maqolada O‘zbekiston energetika vazirligi, Saudiya Arabistoni energetika vazirligi va Saudiya kompaniyalari o‘rtasida 12 milliard dollarlik uchta yirik bitim imzolangani haqidagi maʼlumotlar batafsil qalamga olingan.

Unda erishilgan kelishuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi yoqilg‘i-energetika majmuasidagi hamkorlikni rivojlantirish platformasiga aylanishi taʼkidlangan. “Shartnomalardan biri Saudiyaning «ACWA Power» kompaniyasi tomonidan Qoraqalpog‘istonda 1,5 GVt shamol elektr stansiyasini qurishni nazarda tutadi. Boshqa bir kelishuv hamda «ACWA Power» va «Air Products» kompaniyalari bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot loyihalarini rivojlantirish orqali O‘zbekistonda “yashil” vodorodni ishlab chiqarishga qaratilgan”, deb yozadi institut sayti .

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni tomonining yaqin 5 yil ichida O‘zbekiston energetika majmuasiga 10 milliard dollar sarmoya kiritish niyatini aks ettirgan hujjat ham imzolangani ham o‘quvchilarning eʼtiboriga havola qilingan.

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati tomonidan eʼlon qilingan surat.

Mavzuga oid

Jakartadan munosabat: Indoneziya Osiyo K...

Indoneziyaning yetakchi ingliz tilidagi ommaviy axborot vositalaridan biri «Jakarta Globe»...

O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib k...

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga...

Belarus elchisi Leonid Marinich: O‘zbeki...

“Biz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Mustaqil Davlatlar ...

So`nggi yangiliklar