Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

AQSHdan munosabat: Konstitutsiyaga kiritilishi taklif etilayotgan o‘zgartirishlar O‘zbekistonning ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurishdagi intilishlarini ifodalaydi

VASHINGTON, 27-iyun. /“Dunyo” AA/. Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti asoschisi, professor  Frederik Starr (AQSH) O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


- O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar, butun mintaqa uchun juda istiqbolli va alohida ahamiyatga ega, deb o‘ylayman. Men ularni juda ijobiy deb bilaman, chunki islohotlar fuqarolarning huquqlarini avvalgidan ko‘ra aniqroq belgilaydi, shu bilan birga adolatning rolini oshiradi, O‘zbekistonning ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurishdagi intilishlarini ifodalaydi.

Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyevning eskicha “Davlat-jamiyat-inson” g‘oyasini “Inson–jamiyat-davlat” tamoyiliga o‘zgartirishi juda muhimdir.

Asosiy qonunni sezilarli darajada yaxshilashi mumkin bo‘lgan ko‘plab taklif qilinayotgan o‘zgarishlarni taʼkidlashni istardim. Davlat organlari faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va hisobdorlikni taʼminlovchi normalar kerak. Viloyatlar rahbarlari bir vaqtning o‘zida Xalq deputatlari kengashlariga rahbarlik qilishi to‘g‘risidagi normani Konstitutsiyadan chiqarib tashlash nafaqat byurokratiyadan xalos bo‘linadi, balki mahalliy darajadagi hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati darajasini oshiradi.

100 ming kishidan iborat fuqarolar guruhiga davlat manfaatlarini ilgari suruvchi qonunchilik tashabbusi huquqini berish ham ahamiyatlidir.

Haqiqat shundaki, Konstitutsiya tahlil, munozara va milliy bahs jarayonidir. O‘zbekistonda bu jarayon imkon qadar shaffof va inklyuziv bo‘lishiga ishonchim komil.

Menimcha, Konstitutsiyaviy huquq instituti bo‘lishi kerak. Bu jamiyatning barcha aʼzolari – mansabdor shaxslar, biznes va akademiyalar vakili bo‘lgan taʼlim muassasasidir. Ushbu institut Konstitutsiya, umuman konstitutsionizm va fuqarolarning huquqlari hamda burchlarini muhokama qilish uchun ham dolzarb. Menimcha, rivojlanayotgan Konstitutsiyaga bo‘lgan bunday milliy eʼtibor islohotlar samaradorligini taʼminlovchi mustahkam poydevor bo‘ladi.

O‘zbekistonning faol diplomatik saʼy-harakatlari va yaxshi qo‘shnichilik siyosati mintaqa taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston yakka ijrochi emas, balki o‘tmishdagidan ko‘ra bir-birini yaxshiroq tushuna boshlagan, umumiy til topa olgan va muammolarni hal qilish uchun birlashayotgan Markaziy Osiyo davlatlarining teng aʼzosi. Bu mintaqaning rivojlanishi uchun ham juda muhimdir.

Markaziy Osiyo okeanga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniga ega bo‘lmagan yagona mintaqadir. Bu hududdagi barcha mamlakatlar Janubga yo‘l ochishi kerakligini yaxshi anglashadi. Bu ularga Janubi-sharqiy Osiyoning ulkan bozori bilan savdo qilish imkoniyatini beradi. Eng samarali yo‘l esa Afg‘oniston orqali bo‘ladi.

O‘zbekiston nafaqat yetakchi, balki, eng muhimi, mintaqalarning o‘zaro bog‘liqligini kengaytirish bo‘yicha mintaqaviy saʼy-harakatlarning muvofiqlashtiruvchisi hamdir. O‘zbekiston ushbu muhim masalalarni ilgari surish, shu jumladan Tolibonning Afg‘oniston orqali o‘tadigan savdo va tranzit yo‘llariga bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha saʼy-harakatlarni birlashtirish yo‘llarini topishga muvaffaq bo‘lmoqda.

Demak Toshkentga, butun Markaziy Osiyo davlatlariga ushbu masalaga jiddiy yondashgani uchun tasanno, deymiz. Menimcha, bu mintaqa kelajagining kalitidir.

Mavzuga oid

Belarusdagi vatandosh: O‘zbekiston nufuz...

Belarusning Baranovichi davlat universiteti 3-kurs talabasi Umarjon Olimjonov “Dunyo” AA ...

O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotla...

Italiyaning “Askanews” axborot agentligi tomonidan «O‘zbekistonda yangi konstitutsiyaviy...

Sankt-Peterburgdagi vatandosh-migrantlar...

Mamlakatimizning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxona xodimlariushbu shahardagi «Izzat» qog...

So`nggi yangiliklar