Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/May/2021   Ekologiya

AQSHdan munosabat: Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish va aholi hayotini yaxshilash yangi ko‘lam kashf etmoqda


TOSHKENT, 19-may. /“Dunyo” AA/. «Tabiiy ofat: Orol dengizi va uning barqaror rivojlanish saboqlari» kitobi muallifi Mark Edelshteyn BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar zonasi, deb eʼlon qilish to‘g‘risida rezolyutsiyasi qabul qilinganini olqishladi,  deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

- Men Orolbo‘yi mintaqasiga birinchi marta 2011 yil yozida AQSH va O‘zbekistonning qo‘shma ilmiy loyihasi doirasida borgan edim, - dedi u.- O‘shanda nafaqat qurigan dengiz, balki cho‘lga aylanayotgan mintaqa bilan ham yuzlashdik. Bu holat meni mazkur vaziyatni yaxshilashga hissa qo‘shishga undadi, zero Orol dengizi halokati iqlim o‘zgarishiga ham taʼsir ko‘rsatardi. Uning misolida mintaqa qanday qilib kuchli ekotizim o‘zgarishlarini boshdan kechirayotgani va ularga bardosh berolmay azob chekayotganining guvohi bo‘ldik.

 Afsuski, o‘sha paytdan beri dunyodagi ko‘plab yirik suv havzalari ham shunday og‘ir ahvolga tushib bormoqda. Ob-havoning o‘zgarishi hamma joyda keng miqyosda halokatli taʼsirini ko‘rsatmoqda. Biz nafaqat tabiatga nisbatan ko‘rsatilayotgan bosimni to‘xtatish yo‘lida tez harakat qilishimiz, balki yo‘q qilgan narsalarni qayta tiklashni ham o‘rganishimiz kerak. Orol dengizi avvalgi holiga qaytmasligi mumkindir, ammo u ekologik salomatlik mintaqasi sifatida taklanishi shart. Mintaqani cho‘llanishdan saqlaydigan yangi yashil maydonlar barpo etilishi zarur. Yer unumdorligining tiklanishi natijasida aholi ish bilan taʼminladi, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratiladi.

Dunyo aholisi Orol masalasi bilan nafaqat tuzli changlarni to‘xtatish zarurati tufayli, balki halokatli vaziyatni o‘nglash hamda bu boradagi maqsadlarga erishish mumkinligini namoyish etish uchun ham shug‘ullanishi kerak. Orolbo‘yida erishilgan muvaffaqiyat boshqa mintaqalar uchun namuna bo‘ladi.

Biz nafaqat atrof-muhit Orlbo‘yidagi bo‘lgani kabi tez tanazzulga uchrashi mumkinligiga, balki odamlarning bunday o‘zgarishlarga befarq bo‘lmasligi zarurligiga eʼtibor qaratishimiz kerak. Barqaror rivojlanish shunchaki so‘zda bo‘lishi mumkin emas.

Mintaqa muammolarini hal qilish bo‘yicha mening qarashlarim «Tabiiy ofat: Orol dengizi va uning barqaror rivojlanish saboqlari» kitobida, AQSH va O‘zbekistondagi ko‘plab tadbirlarda, shuningdek, 2018 yil noyabr oyida BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi ishga tushirilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirdagi maʼruzamda o‘z ifodasini topgan.

 Barqaror rivojlanish va atrof-muhitni tiklashga qaratilgan ushbu g‘oyalar ko‘p yillar davomida turli muhokamalarga sabab bo‘lib kelayotgan edi. Biz 2018 yil iyun oyida mintaqaga qilgan safarimiz chog‘ida O‘zbekiston rahbariyati ushbu muammoga juda ham katta eʼtibor berayotganiga guvoh bo‘ldik. Bu eʼtibor yuqorida nomi keltirilgan jamg‘armani tashkil etish tashabbusida ham aks etdi. Aholi turmush farovonligini oshirish, mintaqani qayta tiklash uchun yangi turtki berildi.

O‘zbekistonda Orol dengizi havzasi uchun Xalqaro innovatsion markaz tashkil etildi. Bu esa go‘yoki yechimini topib bo‘lmaydigan muammolarni bartaraf qilish imkoniyat taqdim qilmoqda.

 BMTning yangi maxsus rezolyutsiyasi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish va aholi hayotini yaxshilashda yangi ko‘lam kashf etmoqda. Yangi rezolyutsiya mintaqani ekologik inqiroz zonasidan ekologik innovatsiya va texnologiyalar zonasiga aylantirishga yordam beradi. Keyingi bosqichda ekologik falokat oqibatlarini bartaraf etish modeli asosida mintaqa ekoturizm zonasiga aylantiriladi.

Orol mintaqasi keng ko‘lamli ekotizimlarni tiklash bo‘yicha tadqiqotlar markaziga aylanishi kerak, deb o‘ylayman. Bu, shuningdek,  geosiyosiy muammolarni hal qilishga hissa qo‘shadi. Barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, ona zaminga mehr ko‘rsatish, tabiat va inson salomatligini saqlash zarurligini anglatadi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston BMTda Bosh Assambleyaning Or...

Kecha BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida O‘zbekiston doimiy vakolatxonasi tomonidan Pre...

BMT Bosh kotibi tabiat bilan munosabatni...

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish kecha BMT Atrof-muhit dasturining (YUNEP) yangi hisoboti...

O‘zbekistonning ekologik muammolarni hal...

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi delegatsiyasi Marsel shahrida o‘tkazilgan Tabiatn...

So`nggi yangiliklar