Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Dekabr/2020   Jamiyat

AQSHning ikkita nufuzli oliy taʼlim muassasalariga grant asosida qabul qilingan Firdavs Abduqayumovga Prezident sovg‘asi topshirildi

TOSHKENT, 24-dekabr. /“Dunyo” AA/. Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Firdavs Abduqayumovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi topshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablarni rivojlantirish agentligi maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov bugun Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurib AQSHning ikkita nufuzli oliy taʼlim muassasasi – Ksave universiteti va Jon Keroll universitetiga grant asosida qabul qilingan Firdavs Abduqayumovga Prezident sovg‘asi - zamonaviy kompyuterni topshirdi.

– Prezidentimiz bir necha bor mamlakatimizda Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilayotgani haqida aytib o‘tdilar. Sizlar mazkur Uchinchi Renessans davrining vakillarisiz,— deb taʼkidladi uchrashuvda A.Abduvohidov.

F.Abduqayumov Prezidentimizga sovg‘a va Prezident maktabida taʼlim olish uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirgan holda, universitetda tahsil olganidan keyin mamlakatimizning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishini taʼkidladi.

Mavzuga oid

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikas...

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi loyihasi normativ-huquqiy hujj...

Singapurdan tabrik: O‘zbekiston bayrog‘i...

O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Singapurdagi ...

O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi jarayoni oq...

Yashil iqlim jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan yangi loyiha doirasida BMT Taraq...

So`nggi yangiliklar