Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Yanvar/2022   Jamiyat

AQSHning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni O‘zbekiston harbiy xizmatchilarini Qurolli kuchlarning 30 yilligi bilan tabrikladi

 VASHINGTON, 10 yanvar. /“Dunyo” AA/. Missisipi shtati (AQSH) Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general Jenson Boylz O‘zbekiston harbiy xizmatchilarini Qurolli kuchlar tashkil etilganining 30 yilligi va 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


«O‘zbekiston harbiylarini Qurolli kuchlar tashkil etilganining 30 yilligi bilan tabriklash men uchun katta sharaf. Tarixni o‘rganish va uni qadrlash muhim ahamiyatga ega. Vatan himoyachilari kuni deb nomlanuvchi O‘zbekiston Qurolli kuchlari kuni mamlakat mustaqillikka erishganidan so‘ng 1992 yil 14 yanvar kuni eʼlon qilingan», - deb taʼkidladi general.

U, shuningdek, joriy yil nishonlanadigan respublika Qurolli kuchlarining 30 yilligi sanasi O‘zbekiston va Missisipi shtati o‘rtasidagi hamkorlikning 10 yilligi bilan to‘g‘ri kelishiga eʼtibor qaratdi.

«So‘nggi yillarda biz yuqori darajadagi muzokaralar, o‘zaro harbiy almashuvlar, o‘quv mashqlari, bayramlar, marosimlar va ko‘plab onlayn-tadbirlar doirasida 100 dan ortiq uchrashuv o‘tkazdik, - deya alohida taʼkidladi  Jenson Boylz. – O‘zbekiston vakillari «Eng yaxshi jangchi» musobaqalari doirasida va boshqa ko‘plab o‘quv mashqlarida Missisipi shtati Milliy gvardiyasi askarlari va uchuvchilarimiz bilan yelkama-yelka bellashdi».

General Missisipi shtati  Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston Qurolli kuchlari o‘rtasidagi sheriklik davom ettiriladi, bu esa ikki mamlakat askarlarini kasbiy tayyorlash va malakasini oshirish uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi, deb fikr bildirdi.

AQSH o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish, ayniqsa, aksilterror va chegara xavfsizligi sohasida yaqin aloqalarni mustahkamlashga umid bildiradi. «Men izchil davom etayotgan hamkorligimiz uchun minnatdorlik bildiraman va Missisipi shtati Milliy gvardiyasi ikki tomonlama aloqalarni yana-da mustahkamlanishiga umid bildiradi», - dedi Jenson Boylz o‘z murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va AQSHning ushbu shtati o‘rtasidagi munosabatlar ko‘p qirrali hamkorlikning yuqori va jadal dinamikasi bilan ajralib turadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil sentyabr oyida Milliy gvardiya qo‘mondoni Jenson Boylz va kongressmen
Trent Kelli  boshchiligidagi ushbu shtat delegatsiyasi bilan  bo‘lib o‘tgan uchrashuvi o‘zaro munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi.

2019 yilda Missisipi shtati gubernatori Fil Brayant AQSH bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan buyon O‘zbekistonga tashrif buyurgan birinchi gubernator bo‘ldi. Birgina 2021 yilning o‘zida yuqori darajadagi 20 dan ortiq uchrashuv va muzokara o‘tkazildi, qo‘shma harbiy mashqlar va treninglarda harbiy xizmatchilarimiz yuksak jangovar tayyorgarlik namunalarini namoyon etdi. Xususan, «Best Warrior» («Eng yaxshi jangchi») musobaqalari natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston  harbiylar tomonidan Missisipi shtati Milliy gvardiyasining to‘siqlarni yengib o‘tish va yugurish bo‘yicha rekordlari yangilandi.

Mavzuga oid

Kiyev – Xarkov – Toshkent – Kiyev yo‘nal...

“AllTrip.uz” kompaniyasi «Windrose» aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Ukrainadan O‘zbekist...

O‘zbekistonlik yosh mutaxassis “Samsung ...

Yurtdoshimiz Nizomiddin Ismoilov “Samsung Electronics” kompaniyasi tarixida “Yilning eng ...

O‘zbekiston bojxona xizmati mutaxassisla...

O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasining bir guruh mutaxassislari 15-26 noyabr kunlari Kor...

So`nggi yangiliklar