Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Sentabr/2022   Iqtisodiy diplomatiya

AQSHning Texas shtati savdo missiyasi O‘zbekistonga ilk bor keladi

VASHINGTON, 30 sentyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston elchisi Javlon Vahobov Ostin shahrida Texas shtati qishloq xo‘jaligi vaziri (Texas Agriculture Commissioner) Sid Miller bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo»  AA muxbiri.


Uchrashuvda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sanoatini takomillashtirish jarayoniga Texasning yirik kompaniyalarini jalb etish, O‘zbekiston va AQSH qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va ilmiy muassasalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, shuningdek, respublikamizga Texas shtati savdo missiyasini tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.

Sid Miller respublikada amalga oshirilayotgan ilg‘or iqtisodiy chora-tadbirlarni olqishladi. «Mamlakatning barqaror va uzoq muddatli farovonligini ta’minlashda ushbu islohotlar muhim ahamiyatga ega», deya ta’kidladi vazir. Uning aytishicha, Texas bu borada misol bo‘la oladi. Qishloq xo‘jaligi an’anaviy tarzda shtat iqtisodiyotida muhim rol o‘ynagan va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilgan. Texasdagi 4 ming 700 dan ortiq fermer xo‘jaliklari va rancholarning har biri bir oila tomonidan 100 yil yoki undan ko‘proq vaqt davomida boshqarib kelinmoqda.

Sid Miller agrar sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, murakkab iqlim sharoitida ekinlar hosildorligini oshirishda Texas universitetlarining akademik salohiyatidan foydalanish kabi sohalarda tomonlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. Xususan, O‘zbekistonning ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari bilan paxta yetishtirish bo‘yicha yetakchi ta’lim muassasasi bo‘lgan Texas texnologiya universitetining Qishloq xo‘jaligi fanlari va tabiiy resurslar kolleji o‘rtasida akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif etildi.

Vazir, shuningdek, O‘zbekistonning tegishli tuzilmalari va Texas paxtakorlari ushmasi - «Plains Cotton Growers» o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqishni bildirdi. Qayd etilishicha, ushbu uyushma 1956 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shtatdagi barcha paxta yetishtiruvchi korxonalarning 80 foizdan ortig‘ini birlashtiradi. Uyushma a’zolari tomonidan AQSHda umumiy paxtaning 30 foizi, jahonda esa 4 foizi yetishtiriladi.

Muzokaralar yakunida 2023 yil mart oyida Sid Miller boshchiligidagi delegatsiya va savdo missiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Amerika vakillari, shuningdek, 2023 yil 28-30 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «UzFood2023» xalqaro oziq-ovqat, ingrediyentlar va oziq-ovqat texnologiyalari ko‘rgazmasi doirasida maxsus Texas pavilonini tashkil etish taklifini ham qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Texas aholisi (30 million kishi), hududi (695,6 kvadrat kilometr) va yalpi hududiy mahsuloti (2 trillion dollar) bo‘yicha AQSHning ikkinchi yirik shtatidir. Rivojlanayotgan sanoat bazasi bilan shtat ko‘plab sohalarda, jumladan, qishloq xo‘jaligi, neft-kimyo, energetika, aerokosmik va biotibbiyot jabhalarida yetakchilik qilmoqda. Shtat qishloq xo‘jaligi sanoatining umumiy iqtisodiy qiymati 100 milliard dollarga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning tizimli majburiy mehnatga to‘liq barham berish bo‘yicha erishgan muvaffaqiyatlarini hisobga olib, AQSH Mehnat vazirligi mamlakatimizda yetishtirilgan paxta hosilini «Bolalar va majburiy mehnatdan foydalangan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlar ro‘yxati»dan chiqarilishini e’lon qildi. Ushbu qaror O‘zbekistonda yetishtirilgan paxta va undan tayyorlangan mahsulotlarni AQSHga olib kirishga qo‘yilgan rasmiy cheklovlarni bekor qiladi va shu orqali mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Moddiy merosni saqlash va ta...

O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakolatxonasi Moddiy merosni saqlash va ta’mirlash masa...

O‘zbekiston va Misr mutaxassislari mahsu...

Mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi sa...

Toshkentda Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘...

Bugun Pokiston Islom Respublikasi hukumati delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga ta...

So`nggi yangiliklar