Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Sentabr/2021   Saylov - 2021

O‘zbekiston Prezidenti saylovi AQSHda qanday o‘tadi?


VASHINGTON, 24-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Vashington shahridagi elchixonasi va Nyu-York shahridagi diplomatik vakolatxonalarining xabar berishicha, oktyabr oyida rejalashtirilayotgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida AQSH va Kanada rasmiy idoralari va ommaviy axborot vositalarining xodimlari, ekspertlar, olimlar, jamoat arboblari va ishbilarmon doira vakillaridan iborat 30 nafarga yaqin xalqaro kuzatuvchi ishtirok etishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Shu bilan qatorda, O‘zbekistonning AQSHdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan Amerika Qo‘shma Shtatlarida oktyabr oyidagi yirik siyosiy tadbirni yuqori darajada tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘yicha faol tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq, 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirilgan O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi huzurida saylov uchastkalari tashkil etildi.

Saylov uchastkalarining chegaralari belgilab olinib, Vashington shahridagi saylov uchastkasiga AQSHning 18 ta shtati, Kanada, Kuba va Braziliya, Nyu-Yorkdagi saylov uchastkasiga esa AQSHning qolgan shtatlari, Shimoliy va Janubiy Amerikaning boshqa mamlakatlari kiritilgan.

Baʼzi bir sabablarga 24 oktyabr kuni Vashington va Nyu-York shaharlaridagi saylov uchastkalariga kelish imkoniyati bo‘lmagan fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqini taʼminlash maqsadidaular jips yashaydigan 8 ta shaharda muddatidan oldin saylov o‘tkazish rejalashtirilgan. Xususan, 15 oktyabr kuni San-Fransisko shahri (Kaliforniya shtati), 16 oktyabr kuni Bruklin (Nyu-York) va Orlando (Florida), 17 oktyabr kuni Chikago (Illinoys), Paykesville (Merilend), Sterling (Virjiniya) va Filadelfiya (Pensilvaniya), 18 oktyabr kuni Pittsburg (Pensilvaniya) shaharlarida ko‘chma saylov uchastkalari tashkil etiladi.

Fuqarolar o‘rtasida saylov jarayoniga oid maʼlumotlarni keng tarqatish, muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylov uchastkalarining joylari va sanalari haqida vatandoshlarning xabardorligini oshirish maqsadida “Rost24 haqiqiy jurnalistika” sayti, “Amerika ovozi”, Filadelfiyadagi “Sarbon” va Nyu-Yorkdagi “95.5 HD2” radiokanallari, “Buxarian tayms”, “Makonim” gazetalari, taniqli blogerlar hamda AQSHdagi o‘ndan ziyod vatandosh uyushmalari bilan hamkorlikda saylovoldi tashviqot-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, mazkur siyyosiy tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishni tashkillashtirish uchun “Facebook”, “Twitter”, “Instagram” kabi ommaviy ijtimoiy tarmoqlar hamda ko‘p sondagi fuqarolarni qamrab olgan “Telegram” va “WhatsApp” kanallarining imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda.

AQSHning uzoq hududlaridan ham muddatidan oldin ovoz berish joylarining tashkil etilayotgani, saylov haqida fuqarolar o‘rtasida samarali tashviqot-targ‘ibot ishlarining olib borilayotganligi va elektron shakldagi saylovchilar ro‘yxatiga olishning qulay imkoniyatlari yaratilganligi natijasi o‘laroq, saylovda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolarning soni kun sayin ortib bormoqda.

Ushbu fursatdan foydalanib, AQSHdagi diplomatik vakolatxonalarimiz Amerika diyorida istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarimizni https://uzbekistan.org/page/view?id=53 havolasida keltirilgan saylov uchastkalaridan birida ovoz berishga chaqiradi.

Saylovchilar ro‘yxatiga kirish uchun fuqarolarga saylov.mfa.uz vebsaytidan  foydalanish tavsiya qilinadi.

Mavzuga oid

Turkiyadagi vatandoshlar: Mening ovozim ...

Bugun Turkiyaning Bursa, Karabuk va Konya shaharlarida O‘zbekiston Prezidenti saylovida mu...

Rigada O‘zbekiston Prezidenti sayloviga ...

O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasida tashkil etilgan 24-son saylov uchastkasida bugun...

O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlar ke...

Mamlakatning oliy siyosiy lavozimiga nomzodlar mamlakatimiz hududlari bo‘ylab saylovchilar...

So`nggi yangiliklar