Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/May/2022   Siyosat

Ar-Riyodda O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari va IHT media tuzilmasi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

AR-RIYOD, 28 may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi vakillari Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Axborot agentliklari uyushmasi (Union of News Agencies – UNA) bosh direktori Muhammad Abd Rabbo al-Yamiy va  uyushmaning xalqaro aloqalar va strategik rivojlanish bo‘yicha direktori Yunus Inoyat bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Muzokaralar chog‘ida uyushmaning IHTga aʼzo davlatlar ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlash va kengaytirishdagi roli, shuningdek, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan yirik siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar tadbirlar to‘g‘risida axborot tarqatishda UNA tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘mak yuqori baholandi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosga ega ekanini hisobga olib, mamlakat media-agentliklarining UNA bilan hamkorlik qilish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi. Shu o‘rinda UNA kabi media-platformalar imkoniyatlaridan foydalanish nafaqat O‘zbekiston va uyushma, balki IHTga aʼzo barcha davlatlar manfaatlariga xizmat qilishi qayd etildi.

Muhammad Abd Rabbo Al-Yamiy UNAning IHTga aʼzo davlatlarning asosiy media-platformasi sifatidagi roliga, shuningdek, islom va media qadriyatlariga asoslangan media sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan istiqbolga mo‘ljallangan uzoq muddatli rejalari haqida batafsil maʼlumot berdi. Uning aytishicha,  istiqboldagi vazifalarga shaffoflik, o‘zaro ishonch, bag‘rikenglik, irqiy kamsitilishlar va ularning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurash hamda  boshqa zamonaviy tahdidlarni oldini olishga xizmat qiladigan media-mahsulotlarni tayyorlash kiradi. U, shuningdek, UNA tuzilmasini isloh qilish, uyushma faoliyatini optimallashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish, IHTga aʼzo mamlakatlarning uyushmaga qo‘shadigan hissalarini yana-da kuchaytirish rejalari haqida so‘zlab berdi.

Bundan tashqari, UNA bosh direktori milliy axborot agentliklari vakillari orqali IHTga aʼzo davlatlar ommaviy axborot vositalarining o‘zaro hamkorligi uchun strategik maslahatlar berish imkoniyatlari haqida maʼlumot berdi. UNA rahbari O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) va Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” AA bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash muhimligini urg‘uladi.

Muhammad Abd Rabbo Al-Yamiy O‘zbekiston media-kompaniyalari va UNA o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator takliflarni, xususan, o‘zbek jurnalistlari uchun amaliy mashg‘ulotlar, media-tur va boshqa qo‘shma loyihalarni tashkil etish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi.

Maʼlumot uchun, UNA 1972 yilda tashkil etilgan. Uyushmasining asosiy vazifasi IHT kundalik yangiliklarini onlayn platforma orqali arab, ingliz va fransuz tillarida keng tarqatishdan iborat.

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Prezide...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun O‘zbekiston Prezidentining iqtiso...

Parlament diplomatiyasi: Qonunchilik pal...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o...

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish: COVID...

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish «Shahar dunyosidagi COVID-19...

So`nggi yangiliklar