Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Avgust/2020   Jamiyat

«ArMI-2020» VI Xalqaro armiya o‘yinlari doirasidagi «Yo‘l patruli» musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi


TOSHKENT, 26-avgust. /“Dunyo” AA/. Qo‘qonda «Yo‘l patruli» bellashuvi tantanali ochildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Mudofaa vazirligi manbasiga asoslanib.

Qo‘qon shahridagi harbiy qismda «ArMI-2020» VI Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida «Yo‘l patruli» musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.ъ\


Tadbirda harbiylar, ularning oila-a’zolari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, faxriylar va yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-mayor B.Qurbonov, Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev va boshqalar so‘zga chiqib, bunday katta qamrovdagi xalqaro armiya musobaqalari harbiylarimizga katta mahorat maktabi bo‘lish bilan birga, o‘zaro do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Harbiylarning bayram dasturi barchaga manzur bo‘ldi. Qurolli Kuchlar qo‘shinlarida mavjud maxsus texnikalarning ko‘rgazmali chiqishlari va soha mutaxassislarining qoidabuzarlikka qarshi kurashish bo‘yicha yuqori darajali kasbiy mahoratlari tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotining Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari bo‘limlari o‘quvchilari, bo‘lg‘usi Vatan himoyachilari sport texnikalarini boshqarib, mahoratlarini ko‘rsatishdi.

Taniqli san’atkorlarning konsert dasturi musobaqa ishtirokchilariga zavqu shavq ulashdi.

Bahslar boshlanishi oldidan musobaqaga qur’a tashlanib, raqiblarning «Yo‘l patruli – 2020»dagi qatnashish tartibi aniqlangan. Qur’a natijasiga ko‘ra, musobaqani rossiyalik harbiy xizmatchilar boshlab beradigan bo‘ldi.

Belarus Respublikasi jamoasi ikkinchi bo‘lib bahslarga kirishsa, yurtimiz sharafini himoya qilishga bel bog‘lagan yurt o‘g‘lonlari uchinchi tartib raqamida o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.

Harbiy avtomobil nazorati xodimlarining bilim va mahorati namoyon bo‘ladigan bahslar bugun start oldi. Bellashuvlar 2 sentyabrga qadar davom etadi.

M.Culaymonov, M.Qodirov (surat), O‘zA
 

Mavzuga oid

O‘zbekistondagi “Applied Solar Energy” x...

“Applied Solar Energy” (“Geliotexnika” jurnalining ingliz tilidagi nashri) “Scopus” xalqar...

Janubiy koreyalik bir guruh yoshlar Andi...

Bugun O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida Andijon davlat tibbiyot institutiga...

O‘zbek tili va adabiyoti hamda o‘zbek x...

Mamlakatimizning Dehli shahridagi elchixonasida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munos...

So`nggi yangiliklar