Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Avgust/2022   Fakt

“ArMI-2022”: “Meridian” musobaqasining birinchi sharti yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda

TOSHKENT, 16-avgust.  /“Dunyo” AA/. Qozog‘iston Respublikasining “Amandiq” poligoni o‘quv bazasi mezbonlik qilayotgan “Meridian” musobaqasining birinchi sharti natijalariga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi peshqadamlik qilayotir, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentidan maʼlum qilinishicha, Akmola viloyati Shuchinsk shahrida joylashgan “Amandiq” poligonida bugun o‘zbekistonlik harbiy topograflar musobaqaning birinchi sharti – “Otish marrasi” bahsini 56,81 soniya natija bilan birinchi o‘rinda yakunladi. Harbiylarimiz 1 daqiqa 21,92 soniya natija ko‘rsatgan Vyetnam jamoasini katta farq bilan ortda qoldirdi.

O‘zbekistonlik harbiy topograflarning mazkur musobaqada ilk marta qatnashayotganini eʼtiborga olsak, “Otish marrasi” shartida qayd etilgan ko‘rsatkichni hamyurtlarmizning debyut yutug‘i sifatida baholash mumkin.

O‘zbek yigitlari shartga ko‘ra 20, 50, 100 metrga o‘rnatilgan oltita nishonni (umumiy 18 ta) 12 ta o‘q bilan yo‘q qilish borasida eng tezkor vaqt ko‘rsatkichini qayd etishdi va umumiy 1000 ochko (yuz foizlik natija) jamg‘arishdi. Qolgan jamoalar to‘plagan ochkolar ko‘rsatkichi quyidagicha:

Vyetnam 693.5

Qozog‘iston 580.2

Eron 531.1

Rossiya 499.2

Xitoy 480.1

Belarus 466.2

Armaniston 445.3.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

O'zbekistonda nechta axborot-kommunikasi...

Davlat statistika qo'mitasi O'zbekistondagi axborot-kommunikasiya sohasidagi korxonalar so...

Toshkentda Litva Faxriy konsulxonasi och...

22 sentyabr kuni Toshkentda Litva Faxriy konsulxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi...

So`nggi yangiliklar