Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Avgust/2022   Fakt

“ArMI-2022”: O‘zbek harbiy aloqachilari Minsk musobaqalarida qatnashadi

TOSHKENT, 12-avgust.  /“Dunyo” AA/. Xalqaro armiya o‘yinlarining “Ishonchli qabul” musobaqasi harbiy aloqachilar mahoratini sinovdan o‘tkazadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Bu yo‘nalishdagi bellashuv joriy yilda Belarus Respublikasining Minsk shahridagi “Uruche” poligonida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, musobaqada ishtirok etadigan mamlakatimiz harbiylari jamoasi hozirgi paytda o‘zlariga biriktirilgan qurol-aslaha va aloqa vositalari bilan so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Mamlakatimiz harbiy delegatsiyasi rahbari - polkovnik Shavkat Mamajonov musobaqa bo‘lib o‘tadigan hudud – Minsk shahriga borib, jamoamiz aʼzolari bilan shaxsan uchrashdi. Ularga bo‘lajak bellashuvda omad tilab, o‘zbek farzandlari hamisha, har yerda o‘z so‘zini aytib kelganini taʼkidladi. Musobaqaning shaffof va adolatli o‘tkazilishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

“Ishonchli qabul” musobaqasining tanatanali ochilish marosimi 14 avgust kuni Brest qalʼasi majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 16 avgust kuni esa bellashuvlarga start beriladi. Unda jami 13 ta jamoa ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston harbiy jamoasi ushbu yo‘nalishdagi bahslarga o‘tgan yildan boshlab qo‘shilgan bo‘lib, ilk ishtirokdanoq 3-o‘rinni band etishga muyassar bo‘lgan edi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda Mehnat va ijtimoiy munosab...

O‘zbekiston Prezidentining “Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasini tashkil etish to...

Yaponiya umumtaʼlim maktablariga mo‘lja...

Yaponiya umumtaʼlim maktablari o‘quvchilariga (9-12 sinflar uchun) mo‘ljallangan «Jahon ...

O‘zbekiston elchixonasi: Seulning Itxevo...

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasining Telegram-kanalidagi sahifasida maʼ...

So`nggi yangiliklar