Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Noyabr/2021   COVID-19

Avstriya O‘zbekistonga 150 ming doza koronavirusga qarshi vaksina taqdim etdi


VЕNA, 26 noyabr. /«Dunyo» AA/. Avstriyadan O‘zbekistonga COVID-19ga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash doirasida “AstraZeneca” 150 ming doza vaksina jo‘natildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekistonning Venadagi EXHT va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy missiyasi ma’lumotiga ko‘ra, vaksinalar Avstriya hukumati tomonidan beg‘araz yordam va mustahkam do‘stlik ramzi sifatida taqdim etilgan.

Mamlakatimizning Venadagi elchisi Abat Fayzullayev Avstriya tashqi ishlar vazirligi vakillari bilan birgalikda Toshkentga insonparvarlik yuklarini jo‘natish marosimida ishtirok etdi.

Vaksinalarni manzilga bezarar yetkazib berish uchun tomonlar tibbiy mahsulotlarni tashishning barcha jihatlarini ta’minlashni nazarda tutgan. Xususan, vaksinalar maxsus sovutgichli konteynerga joylashtirildi. Unda sovutish jarayoni va 2-7 darajali harorat ta’minlanadi. Yukni Toshkentga yetkazish «Vie Pharma Handling Center» maxsus trasport xizmati tomonidan amalga oshirilmoqda.

Gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga Avstriya Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Mixael Linxartning 7-8 noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan edi. Tashrif doirasida Avstriya tashqi siyosat mahkamasi rahbari O‘zbekiston Tashqi ishlar va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari rahbarlari bilan uchrashdi.

Mixael Linxart O‘zbekiston Avstriyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng muhim hamkori ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Avstriya fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilishda ko‘rsatgan yordami uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi. «Bu do‘stlikning kuchli belgisi edi», - deb ta’kidlagan edi avstriyalik diplomat.

Mavzuga oid

O‘tgan bir kecha kunduzda O‘zbekistonda ...

O‘tgan bir kecha kunduzda O‘zbekistonda 211 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, ...

O‘zbekiston va Janubiy Koreya koronaviru...

O‘zbekiston va Janubiy Koreya koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda hamkorlikni mustah...

COVID-19: Seshanba kuni mamlakatimiz bo‘...

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, seshanba kuni mamlakatimizda 1...

So`nggi yangiliklar