Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Iyun/2020   Sirdaryo, biz sen bilan

Avstriyada Sardoba aholisiga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha navbatdagi aksiya o‘tkazildi

VENA, 17-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyatidagi to‘g‘on o‘pirilishidan jabrlangan aholiga yordam ko‘rsatishga qaratilgan xayriya aksiyasi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Aksiyada Avstriyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan, taʼlim olayotgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etib, shu orqali xalqimiz bilan birdamligini yana bir karra namoyish etdi.

— Dunyo bo‘ylab boshlagan ushbu aksiyada ishtirok etish biz uchun sharaf —  deydi Vena universiteti talabasi Bekzod Ahmedov. — O‘zbek xalqi har doim qiyinchiliklarni mardonavor yengib o‘tgan. Aksiyada ishtirok etgan barcha vatandoshlar, hududda jo‘shqin hayotni tiklash bo‘yicha harakatlar tez orada o‘z samarasini berishiga ishonadi.

Xayriya aksiyasi doirasida yig‘ilgan barcha mablag‘lar Sirdaryo viloyatida ofatdan jabr ko‘rgan aholiga yordam berish va infratuzilmani tiklashga yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid

Prezident Oqoltin va Mirzaobod tumanlari...

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga har bir xonadon egalari bilan gaplashib, ularning uy-joy...

Prezidentning ofatdan zarar ko‘rgan hudu...

Sirdaryo va Buxoro viloyatlari aholisi boshiga tushgan sinovlar chet ellardagi O‘zbekiston...

Sirdaryolik birodarlar bilan ruhan, qalb...

Tojikiston Respublikasi Sug‘d viloyati “O‘zbeklar maʼnaviyat va maʼrifat” markazi raisi Il...

So`nggi yangiliklar