Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Iyun/2020   Iqtisodiy diplomatiya

Avstriyadagi elchixona vakillari Vengriyada muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazishdi


BUDAPESHT-VENA, 17- iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi xodimlari hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va Vengriya oziq-ovqat sanoati korxonalarining texnologik imkoniyatlari bilan tanishish maqsadida Vengriyaning Moshonmadyarovar shahridagi sut ishlab chiqarish ilmiy-tadqiqot institutida (“MTKI”) bo‘lishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif davomida “MTKI” boshqaruvchi direktori Robert Kochish, Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori o‘rinbosari Istvan Balla va «Óvártej Zrt» pishloq kompaniyasi ijrochi direktori Karlo Volpe bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot chog‘ida elchixona vakillari Vengriya tomoniga respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, mamlakatdagi qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhiti, yangi sanoat zonalari, shu jumladan oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy sarmoyadorlar uchun jozibador ish sharoitlariga ega erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berishdi.

O‘z navbatida, mezbonlar institut va uning filiallari faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

 Muzokaralar jarayonida institut rahbariyati O‘zbekiston tadbirkorlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirdi. Shuningdek, ikki tomonlama muloqotda institutda tayyorlanadigan sut mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi.

  Maʼlumot uchun, Vengriya sut sanoatining yirik ishlab chiqaruvchisi sanalgan mazkur ilmiy-tadqiqot instituti oziq-ovqat va sutni qayta ishlash texnologiyasi sohasida ilmiy izlanishlar olib borishi bilan mashhur.

Mavzuga oid

Gujarat shtatida O‘zbekistonning investi...

O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahatov Gujarat shtati Savdo va sanoat palata...

Turkiyalik ishbilarmonlar “Hazorasp” erk...

Bu haqda mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil qilingan videok...

O‘zbekiston bilan Jahon banki o‘rtasidag...

O‘zbekiston bilan Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlik muhokama qilindi.

So`nggi yangiliklar