Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Mart/2021   Siyosat

Avstriyadan munosabat: O‘zbekiston Prezidenti tomonidan IHT sammiti davomida ilgari surilgan tashabbuslar aniq maqsadlarga qaratilgani va dolzarbligi bilan ajralib turdi


VENA, 5 mart. /«Dunyo» AA/. Prezident Shavkat Mirziyoevning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) 14-sammitidagi nutqi Avstriya rasmiy, ishbilarmon, ekspert-tahliliy va ilmiy-akademik doiralari vakillarining katta  qiziqishiga sabab bo‘lmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

- O‘zbekiston Prezidenti tomonidan IHT sammiti doirasida ilgari surilgan tashabbuslar aniq belgilangan maqsadlarga qaratilgani va dunyodagi hozirgi juda og‘ir vaziyatni hisobga olgan holda o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turdi, - deydi “O‘zbekiston-Avstriya” do‘stlik jamiyati raisi, «Askin&Co» kompaniyasi bosh direktori Gerbert Lyugbauer. -  Mamlakat rahbarining Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning moliya institutlari ishtirokida Xalqaro bank-moliya forumini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi, shuningdek, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining O‘zbekistondagi vakili bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi vazirlarining yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorligi mamlakatning IHT makonida xayrixoh va o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash niyatini yana bir bor tasdiqlamoqda.

Tashkilotga a'zo davlatlar hududida ham, Yevropa bo‘yicha ham yangi yo‘nalishlarni yaratishga qaratilgan Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan belgilab qo‘yilgan IHT mintaqasidagi transport-logistika islohoti, shubhasiz eksportni rivojlantirish va Yevropa davlatlari, shu jumladan Avstriya bozorida o‘zbek tovarlari raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, pandemiya oqibatlarini bartaraf etish, savdo aloqalarini tiklash, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, logistika sohasida qo‘shma dasturlar amalga oshirish va «yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilgan takliflar sammit ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlanildi. O‘zbekiston IHTga a'zo davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish yo‘lida zarur sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari ...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezi...

Farg‘ona viloyati Kengashi sessiyasida h...

O‘zbekiston Prezidenti aholini ish bilan taʼminlash va turmush sharoitlarini yaxshilash va...

«Termiz xalqaro savdo markazi» erkin sav...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus ...

So`nggi yangiliklar