Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Iyun/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Avstriyaning xalqaro nohukumat tashkiloti mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini ko‘paytirishga ko‘maklashadi

VENA, 21-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Avstriya poytaxtida joylashgan «Hilfswerk International» (HWI) xalqaro nohukumat tashkilotining bosh direktori Shtefan Fris bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Muloqot chog‘ida tomonlar eksportga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida jahon tajribasi va innovatsiya texnologiyalari samarali foydalanish doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.

Bundan tashqari,  O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining (YEI) barqaror rivojlanish va samarali boshqaruv bo‘yicha maxsus preferensiyalar (GSP+) tizimiga benefitsiar mamlakat sifatida qabul qilingani hisobga olingan holda tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish xususida ham atroflicha fikr almashildi.

O‘zbekiston bilan samarali hamkorlik o‘rnatilganini qayd etar ekan,  Shtefan Fris hozirgi paytda Markaziy Osiyoda agrobiznesda mikro-, kichik va o‘rta korxonalar raqobatbardoshligini oshirish uchun mintaqaviy integratsiya salohiyatni yuksaltirish va savdoga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan «CANDY V» hamda sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining barqaror ishlab chiqarilishini taʼminlaydigan tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan oliy taʼlim tizimini yaxshilashni ko‘zda tutadigan “AgroDev” loyihalari amalga oshirilayotganini taʼkidladi.

Uchrashuv chog‘ida kelgusi yilning bahorida Vena shahrida O‘zbekistonning eksportga mo‘ljallangan  qishloq xo‘jaligi  va oziq-ovqat tarmog‘i mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi. Tadbir doirasida mamlakatimiz delegatsiyasining ishtirok etishi, O‘zbekistonning eksport salohiyatini namoyish etish hamda Avstriyaning yetakchi importchi kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.    

Hilfswerk International (HWI) xalqaro nohukumat tashkiloti 1947 yilda tashkil topgan. Barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish va aholi hayot kechirish standartlarini yaxshilash uchun past va o‘rta darajadagi daromadga ega mamlakatlarga ijtimoiy, iqtisodiy va texnikaviy ko‘mak ko‘rsatish ushbu tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.

Hilfswerk International (HWI) Afrika, Markaziy Osiyo, Sharqiy Yevropa, O‘rta Sharq, Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyoda loyihalarni hayotga tadbiq etadi. Hozirgi paytda tashkilot dunyoning 12 mamlakatida o‘z vakolatxonasiga ega. Hilfswerk International 2001 yildan buyon Markaziy Osiyoda loyihalarni amalga oshirmoqda. 2016 yili O‘zbekiston bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda Jahon savdo tashkiloti bil...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘y...

ITSV: O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinb...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov boshchiligida hamda vazirliklar,...

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda Vetnam shol...

Vetnam Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining ikki nafar mutaxassisi 7 apreldan beri Ve...

So`nggi yangiliklar