Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2021   COVID-19

Ayrim xorij davlatlaridan O‘zbekiston hududiga kirib kelgan yo‘lovchilar majburiy karantinga olinadi


TOSHKENT, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, koronavirus infeksiyasining yangi “omikron” shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ayrim xorij davlatlaridan O‘zbekiston hududiga kirib kelgan yo‘lovchilar majburiy karantinga olinadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Sog‘liqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, endilikda xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilar:

-mamlakatimizga tashrif buyurishidan kamida 72 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy ko‘rsatkichga ega maʼlumotnomaga ega bo‘lishi lozimligi;

-koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy ko‘rsatkichga ega maʼlumotnomasi mavjud bo‘lmaganda, aeroport, temir yo‘l vokzallari va chegara o‘tkazish punktlarida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga ekspress test topshirishlari shartligi belgilandi.

Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Isroil, Italiya, Niderlandiya, Chexiya va Misr hududidan O‘zbekiston hududiga kirib keluvchi yo‘lovchilar yuqoridagi talablar bajarilgandan so‘ng mamlakatimiz hududiga kirib kelgan kundan eʼtiboran o‘n kun davomida majburiy uy karantini yoki o‘z hisobidan mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.

 

 

Mavzuga oid

SSV: Oʼzbekistonda koronavirus infeksiya...

Joriy yil 2-aprel soat 10:00 holatiga koʼra, Oʼzbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlan...

SSV: Oʼzbekistonda koronavirusga chaling...

Аyni paytgacha Oʼzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 5 nafarga ...

COVID-19: O‘tgan bir sutka davomida O‘zb...

O‘tgan bir sutka davomida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 475 t...

So`nggi yangiliklar