Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Oktabr/2020   Madaniyat

BAA da “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan onlayn tadbir tashkil etildi


ABU-DABI, 22-oktabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi tomonidan “O‘zbek tili bayrami” kuniga bag‘ishlangan onlayn tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan «Ko‘ngilli vatandoshlar guruhi» aʼzolari ishtirokidagi videomuloqotda O‘zbekistonda davlat tili mavqeini oshirish yuzasidan hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar mohiyati xususida so‘z yuritildi.

Tadbirda Birlashgan Arab Amirliklarida o‘zbek tili nufuzini oshirish maqsadida diplomatik vakolatxonamiz bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan 12 nafar hamyurtimiz va amirlik fuqarolariga minnatdorlik bildirildi.

Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan Davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzi va mavqeini tubdan oshirish maqsadida qabul qilingan huquqiy hujjatlar ahamiyati va mohiyatiga alohida to‘xtab o‘tildi.

Videokonferensiya shaklidagi uchrashuvda vatandoshlarimiz so‘ngi yillarda mamlakatimizda davlat tili mavqeini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligiga yuksak baho berdi.

Tadbirda kun tartibiga doir qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi va 2021 yil uchun mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi.

Mavzuga oid

Ozarbayjon xalqi Navoiyni O‘zbekistondag...

Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida buyuk o‘zbek shoiri va davlat arbobi Alisher Navoiy tava...

«Buxorcha» ashula va raqs ansambli «Worl...

Mazkur festivalda «Buxorcha» ashula va raqs ansambli «Chorzarb» Buxoro an’anaviy turkum qo...

Turkiyada O‘zbekiston ma’rifatparvarlari...

Turkiya poytaxtida ma’rifatparvar jadidlarning yirik namoyondalaridan biri Abdulhamid Cho‘...

So`nggi yangiliklar