Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Aprel/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

BAA matbuoti O‘zbekiston hayotidagi so‘nggi voqealarni keng yoritmoqda

ABU-DABI, 9 aprel. /“Dunyo” AA/. Birlashgan Arab Amirliklari ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston hayotida ro‘y berayotgan so‘nggi voqealarni katta qiziqish bilan yoritmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Xususan, “albayan.ae” axborot portali O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlarini taʼminlash borasida qilinayotgan izchil islohotlar haqida maqola eʼlon qildi. Unda mazkur yo‘nalishdagi saʼy-harakatlari doirasida Yaqin Sharqdagi mojaroli va inqirozli hududlardan mamlakatimizga qaytarib olib kelingan vatandoshlarimizning jamiyatga integratsiyalashuvi jarayoni haqida so‘z yuritilgan.

O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ona yurtga qaytganlarni reintegratsiya qilish bo‘yicha qator huquqiy qaror va hujjatlar qabul qilingani, ularni reabilitatsiya qilish, ish o‘rinlari bilan taʼminlash, bolalarni maktablarda tengqurlari qatori taʼlim olishi uchun sharoitlar yaratilayotgani maʼlum qilingan. Bu saʼy-harakatlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy baholanayotganiga eʼtibor qaratilgan.

Axborot portali tomonidan eʼlon qilingan yana bir maqolada joriy yil may oyida Surxondaryo viloyatida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘tkazilishi haqida maʼlum qilingan.

Madaniyat ishlari vazirligi, viloyat hokimligi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida 7-8 may kunlari Boysun tumanidagi «Solim Padang» qishlog‘ida tashkil etiladigan festival o‘zbek xalqining ko‘p asrlik qadriyatlari va anʼanalarini tarannum etishi taʼkidlangan.

Xalqaro festivalda mamlakatda faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq folklor jamoa ishtirok etishi, ushbu tadbir doirasida mamlakatimiz turli hududlarining noyob milliy kiyimlari va folklor anʼanalarini taqdim etilishi qayd etilgan.

“2001 yilda Boysun YUNESKO tomonidan “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy madaniy merosi” durdonasi sifatida eʼtirof etilgan”, - deb yozadi muallif.

Maqolada o‘zbek xalqining ko‘p asrlik qadriyatlari va anʼanalarini o‘zida tarannum etadigan mazkur festivalda milliy kurash, etnosport, velomarafon, uloq-ko‘pkari, barg uloqtirish, arqon tortish, chilak va boshqa xalq o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani maʼlum qilingan.

Mavzuga oid

Hindistonning yetakchi nashri Samarqand ...

Hindistonning ingliz tilidagi yetakchi bosma nashrlaridan biri - «The Indian Express» gaz...

Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari F.S...

Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari F.Sidiqov: Toshkent konferensiyasida davlat yetakchil...

Avstriya ommaviy axborot vositalari ma...

Avstriyaning qator yetakchi ommaviy axborot vositalari tomonidan mamlakatning Yevropa va ...

So`nggi yangiliklar