Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyun/2022   Iqtisodiy diplomatiya

BAA va O‘zbekiston to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni yana-da jadallashtirish istiqbollarini muhokama qilmoqda

ABU-DABI, 28-iyun. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Abu-Dabidagi elchisi Abdulaziz Aqqulov Birlashgan Arab Amirliklari savdo-sanoat palatalari federatsiyalari bosh kotibi Humaid bin Salem bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Uchrashuvda O‘zbekistonning agrosanoat va to‘qimachilik tarmoqlaridagi eksport imkoniyatlari hamda ushbu sohada mamlakatimizning investitsiya salohiyati, shuningdek, O‘zbekistonda bolalar oziq-ovqatlarini ishlab chiqarish sohasida biznes yuritish istiqbollari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

Humaid bin Salim O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yuksak darajada ekanini taʼkidladi. U, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning hali to‘la ishga solinmagan salohiyatidan to‘liq foydalanish uchun zarur ko‘makka tayyorligini bildirdi.

BAA vakili to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirish uchun o‘zaro manfaatli asosda erkin savdo qilish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv tuzishni taklif qildi.

Uchrashuv natijasida dastlabki o‘rganish va hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, istiqboldagi qadamlarini belgilash maqsadida Federatsiyaning yuqoridagi sohalar kesimidagi masʼullari belgilanib, salohiyatli hamkorlar haqida maʼlumotlar qisqa muddatlarda taqdim qilinishiga kelishib olindi.

Muzokaralar davomida, shuningdek,  O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Birlashgan Arab Amirliklari Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi o‘rtasida qo‘shma Ishbilarmonlik kengashini tashkil etish bo‘yicha 2021 yil 25 avgustda imzolangan anglashuv Memorandumi doirasida Kengash aʼzolari  ro‘yxatini shakllantirish masalalari xususida ham fikr almashildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va BAA “Bir million o‘zbek d...

Kecha Toshkentda 2019 yilda ishga tushirilgan “Bir million o‘zbek dasturchisi” (One millio...

Samarqand viloyatida Niderlandiya kompan...

O‘zbekistonning Niderlandiyadagi elchisi Dilyor Hakimov ushbu mamlakatning «ANTE B.V.» kom...

Venada Avstriyaning ilg‘or tajribasini O...

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Avstriya qishloq xo‘jalik klasteri (Austrian Agricult...

So`nggi yangiliklar