24/Iyun/2022 Konstitutsiyaviy islohotlar
DUBAY, 24-iyun. /“Dunyo” AA/. Birlashgan Arab Amirliklarida yashayotgan vatandoshimiz Alisher Alikhan O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartish kiritish jarayoni haqida o‘z munosabati va takliflarini yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
-Men bir necha yildan beri Birlashgan Arab Amirligida o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelayaman. Hozirgi kunda mamlakatimiz Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish jarayoni kechmoqda.
Bu borada yurtdoshlarimiz va xorijdagi vatandoshlar tomonidan qator muhim takliflar bildirildi. Fursatdan foylanib, men ham o‘z takliflarimni bildirishga qaror qildim.
Birinchi taklifim o‘qituvchi va pedagoglarni shaʼni, qadr- qimmatini Konstitutsiyada yana-da mustahkamlash bilan bog‘liq. Sababi o‘qituvchi bu har qanday kasb egasini tarbiya qiladigan shaxsdir. Jamiyatda o‘qituvchining obro‘si qanchalik yuqori bo‘lsa, taʼlim va taraqqiyot tez yuksaladi.
Ikkinchi taklifim ijtimoiy muhofaza yo‘nalishi bilan bog‘liq. Xususan, maxsus eʼtiborga muhtoj bo‘lgan bolalar, o‘smirlar va umuman shu toifaga kiradigan imkoniyati cheklangan fuqarolarni haq-huquqlarini aniq va ravshan qilib xalqaro normalarga asoslangan holda Konstitutsiyaga kiritish maqsadga muvofiq.
Uchinchi taklifim, bu ota-ona va farzand huquqlariga tegishli. So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim ota-onalarning o‘z farzandiga nisbatan sodir etayotgan zo‘ravonliklari keng tarqalmoqda. Bunda ham xalqaro norma va tajribadan kelib chiqqan holda Asosiy qonunimizga ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, kerak deb hisoblayman.