Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Iyul/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

BAAdagi vatandosh: Davlatimizning doimiy g‘amxo‘rligini his qilish menga va xorijdagi barcha vatandoshlarimizga g‘urur va quvonch baxsh etadi

DUBAY, 3-iyul. /“Dunyo” AA/. Birlashgan Arab Amirliklarida vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan faol vatandoshimiz Raʼno Bobobekova mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy islohotlar jarayoniga oid fikr-mulohazalarini  “Dunyo” axborot agentligi bilan o‘rtoqlashdi.


– Men “Meta Quotes Software” kompaniyasida boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqdaman.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni katta qiziqish bilan kuzatib boramiz. Ayniqsa, bu katta o‘zgarishlar xalq farovonligini yana-da yuksaltirishga yo‘naltirilgani bizni quvontirmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvidagi nutqi va mazkur muloqot davomida bildirilgan takliflari hamda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bilan tanishib chiqdim.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasida aks ettirilgan yangi tartib va qoidalar, eng avvalo, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil liberallashtirish va modernizatsiya qilish, taʼlim, fan, madaniyat va maʼnaviyat rivojiga muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishiga aminman.

Shuningdek, Konstitutsiyamizning 22-moddasiga taklif etilayotgan yangi tahrirda “Davlat xorijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan aloqalarning saqlanib qolishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi», deb belgilanishi menga va men kabi xorijda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimizga katta eʼtibor, deb o‘ylayman.

Davlatimizning doimiy g‘amxo‘rligini his qilish menga va xorijdagi barcha vatandoshlarimizga g‘urur va quvonch baxsh etadi.

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston xalq artisti Izro Malakov: A...

Nyu-York shahridagi “Shashmaqom” maktabi asoschisi va rahbari, O‘zbekiston xalq artisti Iz...

Tojikistondan munosabat: Dunyo o‘zbeklar...

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyaviy komissiya aʼz...

Seulda bo‘lib turgan vatandoshlar uchun ...

yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mazmun-mohiyatini yurtdoshlarimi...

So`nggi yangiliklar