Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Sentabr/2022   Sport

BAAdagi vatandoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Yaqin Sharq mintaqasidagi «Dafl Futbol Ligasi» havaskorlar futbol ligasida ishtirok etadi

DUBAY, 26-sentabr. /“Dunyo” AA/. BAAda doimiy va vaqtinchalik istiqomat qilib kelayotgan vatandoshlardan tashkil topgan  O‘zbekiston terma jamoasi  Yaqin Sharq mintaqasidagi «Dafl Futbol Ligasi» havaskorlar futbol ligasida ishtirok etishi mumkin, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Bu masala kecha O‘zbekistoning Dubaydagi Bosh konsulxona vakillari va  vatandoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida atroflicha muhokama qilindi.  

Uchrashuv avvalida vatandoshlarimiz Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida respublikamizda hayotga tadbiq etilayotgan yoshlarga oid siyosatning asosiy yo‘nalishlari hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlrimizni va ularning oila aʼzolarini qo‘llab-quvvatlash, sportni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdilar.

Vatandoshlarimizning «Dafl Futbol Ligasi» havaskorlar futbol ligasida ishtiroki, maxsus sport kiyimlarini hozirlash va jamoaga homiylarni jalb etish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Vatandoshlarimiz Prezidentimiz tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan katta eʼtibor va xorijda bo‘lib turgan vatandoshlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar uchun minnatdorlik bildirishdi.

Uchrashuv yakunida Bosh konsulxona xodimlari mamlakatimiz jamoasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishar ekan, vatandoshlarimizga zafarlar tilashdi.

Mavzuga oid

Toshkentda Milliy Olimpiya qo‘mitalari ...

Kecha Toshkentda MDHga a’zo davlatlar, Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Gruziya Milliy Olimpiya...

Tokio-2020 o‘yinlari teletomoshabinlar t...

2021 yil Yaponiyada o‘tkazilgan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari koronavirus pandem...

​Bugun 5 nafar bokschimiz Tokio Olimpiad...

Avval xabar qilinganidek, Iordaniya poytaxti Ummon shahrida boks bo‘yicha Tokio Olimpiadas...

So`nggi yangiliklar