Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Iyun/2022   Iqtisodiy diplomatiya

BAAning yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqish bildirmoqda

ABU-DABI, 22-iyun. /“Dunyo” AA/.   Mamlakatimizning Abu-Dabidagi elchixonasida Birlashgan Arab Amirliklarining «Clubs Network» kompaniyasi rahbari Tariq Ahmad Nizomiy bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda BAA tomoni O‘zbekistonda energetika sohasida xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, turizm sohalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Tariq Ahmad Nizomiy kompaniya faoliyati to‘g‘risida batafsil maʼlumot berdi. U O‘zbekistonning energetika, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va boshqa sohalarga investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlarini nafaqat Amirliklar, balki jahon bozoriga chiqishiga ko‘maklash istagini bildirildi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreya bilan jamoat xavfsizligi ...

Mamlakatimizda bo‘lib turgan Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi birinchi o‘rinbos...

Singapurga o‘zbek mahsulotlari ekporti h...

Mamlakatimiz elchixona tomonidan Singapur biznes federatsiyasi bilan hamkorlikda «O‘zbekis...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov rahbarligida 19 deka...

So`nggi yangiliklar