Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2022   Sport

Bahodir Jalolov: 12-g‘alaba – 12- nokaut! «Katta o‘zbek» cho‘qqini zabt etishga intilmoqda

FRANKFURT-MAYN, 1-dekabr. /“Dunyo” AA/. Bahodir Jalolov Kertis Xarperni ikki marotaba kuchli zarb bilan yerga qulatib, o‘zining ketma-ket o‘tkazilgan 12- jangini nokaut bilan yakunlagani holda g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘tgan dam olish kunlari Tokio-2021 Olimpiada chempioni o‘zining o‘n ikkinchi professional jangini AQSHning Kaliforniya shtati Karson shahridagi «Dignity Health Sports Park» majmuasida 10 raundli jangda amerikalik Kertis Xarper bilan o‘tkazdi.

Bo‘yi 2,01 metr bo‘lgan o‘zbekistonlik boks ustasi uchinchi va to‘rtinchi raundlarda raqibini ikki marta nokautga uchratdi.

Ikkinchi nokdaundan so‘ng hakam Tomas Teylor 10 raundga rejalashtirilgan jangni to‘rtinchi raundning 10:53 daqiqasidan so‘ng to‘xtatdi va “Katta o‘zbek” Bahodir Jalolov jisman yirikligi va zarbasining og‘irligi tufayli o‘n ikkinchi professional karyerasidagi 12-g‘alabasini 12- nokaut bilan qo‘lga kiritdi.

Germaniyaning “Boxen1” nashri xabariga ko‘ra, 28 yoshli oltin medali sohibi og‘ir vazn toifasida jahon reytingida yuqori pog‘onalarni egallab turgan bokschilar bilan, xususan, imkon qadar kelgusi yil WBC kamari uchun Tayson Fyuri bilan jang qilishni istashini o‘tgan hafta maʼlum qildi. O‘zbekistonlik yengilmas yosh chapaqayning janglarini ko‘rgan har bir kishi uni vaziyatni o‘zgatirib yuborishiga shubha qilmaydi.

Bahodir Jalolov kelgusi ikki yilda jahon chempionligini qo‘lga kiritish uchun isteʼdod va kuchga ega bo‘lgan Arslanbek Mahmudov, Filip Xrgovich, Martin Bakole, Frank Sanches va Fabio Uordli kabi yosh, og‘ir vazn toifasidagi bokschilardan biridir, deb yozadi “Boxen1” nashri.

Mavzuga oid

O‘zbekiston qilichbozlik sporti tarixida...

BAAning Dubay shahrida o‘tkazilgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida j...

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogiron-ampu...

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Turkiyada o‘tkaziladigan jah...

Ayollar futboli: O‘zbekiston milliy ter...

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida CAFA Womenʼs Champ...

So`nggi yangiliklar