Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Dekabr/2021   "Dunyo" AA reportaji

Bahriddin Chustiyning mega-palovi Dubaydagi “EKSPO-2020” Butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy kuniga kelganlarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi – fotoreportaj


DUBAY, 9-dekabr. /«Dunyo» AA/. Kecha Dubay (BAA) shahrida bo‘lib o‘tayotgan “EKSPO-2020” Butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston kuni doirasida milliy pavilonda 1000 kilogrammlik bayram palovi tayyorlanib, uni ikki mingdan ortiq kishi tatib ko‘rdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Gastronomik tadbir muallifi milliy taomlar bo‘yicha taniqli oshpaz Bahriddin Chustiy bo‘lib, unga mamlakatimizning eng sara oshpazlari yordam berdi.

Taom tayyorlash jarayoni O‘zbekiston milliy paviloniga kiraverishda o‘rnatilgan ulkan ekranda onlayn shaklda translyatsiya qilindi.

Yurtimiz tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan tantanaga kelganlarning ko‘pchiligini palovning xushbo‘y hidi, karnay va surnaylarning baland ovozdagi chaqiruvi o‘ziga tortdi.

Afsonaviy o‘zbek palovidan tatib ko‘rish uchun odamlarning uzundan-uzoq navbatga turgani oshpazlarimizning mahoratiga, milliy taomlarimiz tantanasiga berilgan yuksak baho bo‘ldi.

“Dunyo” axborot agentligi muxbiri Anvar Ilyosov oqshom muhitini o‘z fotokamerasiga muhrladi.

Mavzuga oid

Toshkentda Islom taraqqiyot banki Boshqa...

Bugun O‘zbekiston poytaxtida Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik...

O‘zbekiston Badiiy akademiyasida «Alloma...

Bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasida «Allomalar portretlari» ko‘rgazmasi ochilish maros...

Aushvits-Birkenau natsistlar konslagerid...

Aushvits-Birkenau natsistlar konslagerida 100 dan ortiq o‘zbek saqlangan

So`nggi yangiliklar