Uz / Ўз Ru En

Toshkent

14/Iyun/2021   Parlament

Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligi doirasida aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi


TOSHKЕNT, 14 iyun. /«Dunyo» AA/. Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligi doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan «Barqaror iqtisodiy o‘sishni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlashning dolzarb masalalari» mavzusiga bag‘ishlangan “davra suhbati” o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbirda Qonunchilik palatasi deputatlari, Jahon bankining savdo, makro iqtisodiyot va investitsiya global amaliyoti iqtisodchisi Vinayak Nagaradj, XMTning Moskvadagi Byurosi eksperti Ramiro Pisarro, Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistondagi milliy koordinatori Azizxon Xanxodjayev va boshqalar qatnashdi.
Xalqaro ekspert va mutaxassislar barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, real daromadini oshirishga qaratilayotgan davlat darajasidagi yuksak e’tiborni yuqori baholadi.
Barqaror rivojlanish sohasidagi 8-maqsad sifatida «Samarali bandlikni oshirish hamda erkaklar va xotin-qizlarni munosib ish bilan ta’minlash asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish» belgilangani qayd etildi. Ushbu maqsadning o‘zi 10 ta dolzarb yo‘nalishni qamrab olgan. 
“Davra suhbati”da mavzuga oid masalalarda xorij tajribalari, bu borada yurtimizda olib borilayotgan samarali faoliyat va islohotlarning istiqboli haqida batafsil axborotlar eshitildi. 
Ishtirokchilar aholi bandligi va mehnat munosabatlariga oid bir qator huquqiy hujjatlar, jumladan O‘zbekistonning «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi  qonuni, O‘zbekiston  Prezidentining «2021 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida»gi qarori, «Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ko‘maklashish asoslari to‘g‘risida»gi 187-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinganini ta’kidladilar.  Hozirgi kunda esa, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda.
Shu bilan birga, aholiga bandlik xizmati ko‘rsatish sifatini oshirish, xotin-qizlar va yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar, jumladan, «Ayollar daftari», «Temir daftar» va «Yoshlar daftari»  to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi parla...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi raisi birinchi o‘rinbosari ...

OPA Bosh kotibi: O‘zbekiston nomzodi Osi...

Mamlakatimizning Erondagi elchisi Bahodir Abdullayev kecha Osiyo Parlament Assambleyasi (O...

Xalqaro media-xollda xotin-qizlarning sa...

O‘zbekiston Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Xalqaro media-xollda «Xotin-qizlarning ...

So`nggi yangiliklar