Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyun/2021   Dolzarb

«Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik» mavzusidagi xalqaro forum yakunlari aholi hayotini yaxshilashga muhim hissa qo‘shadi


BUXORO, 23-iyun. /“Dunyo” AA/. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Fors ko‘rfazidagi arab davlatlaridagi aholi punktlari bo‘yicha dasturining (UN HABITAT) mintaqaviy byurosi rahbari Amira al-Hassan “Dunyo” AA uchun bergan intervyusida «Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha parlamentlararo global hamkorlik» xalqaro forumidan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

- Ushbu tadbirda ishtirok etishimdan asosiy maqsad O‘zbekistonning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasidagi tajribasi bilan tanishish, fikr almashish, 2030 yilgacha o‘zi uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olgan mamlakatlar uchun aniq umumbashariy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Bundan tashqari, forumda aholishunoslik dasturimizning BRMlarga erishish borasidagi asosiy yondashuvlari, maqsad va ularga erishish yo‘llarini taqdim etishni rejalashtirganman.

Bu mening O‘zbekistonga birinchi marta kelishim. Shunday bo‘lsada, mamlakatning hozirgi bosqichda rivojlanib borayotgan dinamikasini his qildim. Mamlakat rahbariyatining «Aqlli shaharlar»ni rivojlantirish, aholining hayot sifati bilan bog‘liq barcha sohalarni isloh qilish istagi menda katta taassurot qoldirdi.

Biz O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti bilan tanishtirgan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyevadan minnatdormiz. Biz milliy parlament global maqsadlarga erishishga qanday hissa qo‘shayotgani haqida tasavurga ega bo‘ldik.

Forumdan umidlarim juda katta, chunki uning mavzusi keng miqyosda ekspertlar ishtirokini, shuningdek, samarali tajriba almashishni o‘z ichiga olgan. Anjuman tashkilotchilari va ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilayman. Ishonchim komilki, uning natijalari aholi hayotini yaxshilashga  muhim hissa qo‘shadi.

Mavzuga oid

BMT Bosh assambleyasi Antoniu Gutterishn...

BMT Bosh Assambleyasi o‘z yig‘ilishida Antoniu Gutterishni ikkichi muddatga tashkilot bosh...

Belarus elchisi: O‘zbekiston Prezidenti ...

Belarus elchisi Leonid Marinich “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyuda Prezident Shavkat M...

Prezident restavratsiya maktabini rivojl...

Shavkat Mirziyoyev Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasiga tashrif buyurib, Amir To‘ra madr...

So`nggi yangiliklar