Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Mart/2023   Sanalar

Barselonada vatandoshlarimiz ishtirokida Navro‘zi olam bayramiga bag‘ishlangan madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

 MADRID, 22-mart. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Ispaniyadagi elchixonasi tomonidan Ispaniyaning Barselona shahrida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Ushbu shaharda joylashgan “Samarkand” o‘zbek milliy restoranida Barselona provinsiyasida istiqomat qilayotgan faol vatandoshlarimiz va tadbirkorlik qilayotgan hamda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib kelayotgan mamlakatimiz  fuqarolari ishtirokida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlandi. 

Maʼlumki, bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning ibtidosi bo‘lgan Navro‘zi olamni ko‘tarinki ruh va katta shodiyona bilan nishonlash azal-azaldan elimizning go‘zal anʼanasi hisoblanadi.

Tadbir chog‘ida xalqimizning ko‘p asrlik ezgu qadriyatlarini, uning orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgan Navro‘zi olamning ruhi va falsafasida mujassam bo‘lgan yaxshilik va bag‘rikenglik, ahillik va hamjihatlik kabi oliyjanob g‘oyalar Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tarixiy o‘zgarishlarning maqsad va mazmuniga to‘la hamohangligi alohida taʼkidlandi.  

Shuningdek, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi yuzasidan o‘tkaziladigan  referendumga doir batafsil maʼlumotlar vatandoshlarimizning eʼtiboriga havola qilindi. Xususan, Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlar mamlakatimizda inson qadrini yana-da ulug‘lashga xizmat qilishi bilan birga “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan g‘oyaning Konstitutsiyamizda  mustahkamlanishi milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari olg‘a intilayotgan davlatimizning barcha fuqarolari uchun mislsiz ijtimoiy kafolatlarni taqdim etishi alohida qayd etildi.

Vatandoshlarimiz joriy yil 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining Madrid shahridagi elchixonasida tashkil etiladigan saylov uchastkasida O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha referendumda faol qatnashishga daʼvat etildi.

Ochiq ruhda o‘tgan muloqot davomida yurtdoshlar konsullik-huquqiy masalalar yuzasidan ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham batafsil javob oldilar.

Tadbir ishtirokchilari o‘zbek milliy taomlari va kuy-qo‘shiqlaridan ham bahramand bo‘lishdi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyada yoshlar ishtirokida «Da...

2 iyul – O‘zbekistonning Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan yurtimizning Seu...

BMT Butunjahon sayyohlik tashkiloti rahb...

O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zoligiga 30 yil to‘lishi munosabati bi...

Finlyandiyadagi vatandosh: Davlatimiz ge...

Finlyandiyada tahsil olayotgan yurtdoshimiz Odamboy Jumanazarov yurtdoshlarimizni O‘zbekis...

So`nggi yangiliklar