Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Sentabr/2020   Ilm-fan

Belarus va O‘zbekiston yozuvchilarining onlayn muloqoti bo‘lib o‘tdi


TOSHKENT, 20 sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Belarus Yozuvchilar uyushmalari vakillari ikki mamlakat o‘rtasidagi adabiy hamkorlik, bu boradagi muammo va istiqboldagi rejalar haqida fikr almashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri O‘zA manbasiga asoslanib.

Zoom platformasida onlayn tarzda o‘tgan davra suhbatida O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi siyosiy maslahatchisi Doniyor Obidov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi boshlig‘i Rustam Musurmon, yozuvchi, shoir va dramaturg Qo‘chqor Norqobil, yozuvchi va tarjimon Risolat Haydarova, shoir Aziz Said, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Rahmatulla Nazarov, vazirlik mas’ul xodimi Fathulla Abdurahmonov ishtirok etdi.

Hamkor mamlakatdan Belarus Yozuvchilar uyushmasi boshqaruv kengashi a’zosi, “Zvyazda” nashriyoti direktori Ales Karlyukevich, “Literatura i mastatstva” gazetasi bosh muharriri Aleksey Charota, “Nyoman” jurnali bosh muharriri Yuliya Aleychenko, Yakub Kolas nomidagi Davlat adabiy memorial muzeyi direktori Aleksandr Xramoy qatnashdi.

Tadbirda O‘zbekiston – Belarus adabiy munosabatlari sohasida erishilgan yutuqlar va amalga oshirilgan ishlar, tashabbuslar haqida so‘z bordi.

Alisher Navoiy asarlarini belarus tilida nashr etish, “Mladoss” jurnalining zamonaviy o‘zbek she’riyatiga bag‘ishlangan maxsus sonini nashrga tayyorlash, Qo‘chqor Norqobilning Ikkinchi jahon urushining ilk kunlariga bag‘ishlangan “Urushning birinchi kuni” kitobini o‘zbek, rus va belarus tillarida chop etishga kelishib olindi.

Suhbatda, shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining zamonaviy belarus adabiyotini o‘zbek tiliga tarjima qilish, xususan, belarus yozuvchilari Ales Badak, Larisa Rublevskaya, Oleg Jdan hikoyalari, belarus bolalar adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga o‘girish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Mavzuga oid

Piza universiteti O‘zbekistonda geodeziy...

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi va Davlat geodezkadastri bilan Piza universiteti rah...

Xorijdagi vatandosh ishtirokida «Elektro...

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti va Lomonosov nomidagi Mo...

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi...

O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi delegatsiyasi Tuluza shahriga safari...

So`nggi yangiliklar