Uz / Ўз Ru En

Toshkent

15/Yanvar/2021   Dolzarb

Belarus xalqaro audit tashkiloti O‘zbekiston davlat ilmiy tashkilotlarining innovatsion faoliyatini baholaydi


TOSHKENT, 15-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligida  Belarus  fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda «Belarus ilmiy-texnik sohani tizimli tahlili va axborot taʼminoti instituti (BelISA)» davlat muassasasi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, BelISA respublikamizning barcha davlat ilmiy tashkilotlarining ilmiy-innovatsion faoliyatini auditdan o‘tkazish  bo‘yicha xalqaro tenderda g‘olib bo‘lgan. Mazkur tashkilot bilan belgilangan tartibda shartnoma imzolangan.

Taʼkidlash joizki, 2021 yilda barcha davlat ilmiy tashkilotlarining ilmiy-innovatsion faoliyatini xalqaro mustaqil ekspert kompaniyalarini jalb etgan holda auditdan o‘tkazish yuzasidan tegishli topshiriq belgilangan. Bunday audit uch yilda bir marta o‘tkaziladi.

Xalqaro tashkilot tomonidan o‘tkaziladigan audit respublikamizdagi ilmiy tashkilotlarning holati va ish faoliyatini baholash, ilm-fanni taraqqiy ettirish bo‘yicha davlat siyosatini muvofiqlashtirish va strategik rivojlanishning vazifa xamda yo‘nalishlarini belgilash, ilmiy-tadqiqot sohasi rivojlanishining salbiy va ijobiy tomonlarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi, o‘z navbatida, audit natijalariga ko‘ra yangi infratuzilmalar va fan yo‘nalishlari tashkil qilish, mavjudlarini samaradorligiga ko‘ra kengaytirish yoki qisqartirish bo‘yicha takliflar beradi. Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi vakolatli davlat organi tomonidan yillik monitoringi ham olib boradi. Monitoring va audit natijalariga ko‘ra ilmiy tashkilotlarning milliy reytingi tuziladi.

Xalqaro audit kompaniyasi ilmiy tashkilotlarining ilmiy-innovatsion faoliyatini auditdan o‘tkazish talablariga ko‘ra, respublikamizdagi 104 ta ilmiy tashkilotning faoliyatini chuqur o‘rganadi va xulosa ishlab chiqadi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Janubiy Koreya harbiylar...

Bugun O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasida Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari tash...

“European Neighborhood Council” bilan ha...

O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi Dilyor Hakimov “European Neighborhood C...

Nosirjon Yusupov: O‘zbekistonning MDHdag...

O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi hamda MDHdagi doimiy vakili Nosirjon Yusupov “Dunyo” A...

So`nggi yangiliklar