Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Mart/2023   Jamiyat

Belarusda Navro‘z shukuhi davom etmoqda

MINSK, 25-mart. /“Dunyo” AA/. Belarus davlat universiteti litseyida Navro‘z ayyomi tantanalari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Turkiya, Eron va Falastin davlatlari diplomatik vakolatxonlari vakillari hamda Belarusda tahsil olayotgan xorijlik talabalar ishtirok etishdi.

 Bayram tantanasi davomida o‘zbekistonlik talabalar tomonidan tayyorlangan madaniy dastur mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, tadbirda o‘zbek xalq hunarmandchiligi namunalari namoyish etildi hamda ishtirokchilarga O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi.

  Bayram mehmonlariga o‘zbek milliy taomlaridan palov va ko‘ksomsa  ulashildi.

Mavzuga oid

Transport vazirligi tomonidan mamlakatim...

Eksportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, uning hajmlari barqaror o‘...

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalriga ...

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bugun o‘tkazilgan matbuot anjumanida Oliy...

Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 30 yilligi hamda «14 yanv...

So`nggi yangiliklar