Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Avgust/2021   Madaniyat

Belgiya media-kompaniyasi O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan hujjatli filmlar suratga oladi


BRYUSSEL, 27-avgust. /“Dunyo” AA/. Belgiyaning “Eccholine”  media-kompaniyasi delagatsiyasi joriy yil 2-16 sentyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Eccholine” 2011 yilda Antverpen shahrida tashkil etilgan. Kompaniya Yevropa va jahonning eng mashhur telekanallari uchun hujjatli ko‘rsatuvlar, filmlar va reportajlar tayyorlashga ixtisoslashgan. Bugungi kunda uning Amsterdam, Madrid va Bangkok shaharlarida vakolatxonalari mavjud. Shu kunga qadar “Eccholine” tomonidan  dunyoning ellikdan ortiq mamlakati haqida hujjatli filmlar suratga olingan.

Mamlakatimizning Belgiyadagi elchixonasidan maʼlum qilishlaricha, “Eccholine” vakillari safar davomida O‘zbekiston turizm salohiyatini jahon hamjamiyatiga keng namoyon qiladigan hujjatli va telemahsulotlar tayyorlash ustida ish olib boradi.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida  jahon standartlari asosida O‘zbekiston turizm salohiyatini namoyon etuvchi videoroliklar, tarixiy shaharlarimiz, milliy bayramlarimiz, urf-odatlarimiz haqidagi hujjatli ko‘rsatuvlar suratga olinishi rejalashtirilmoqda.

Media-mahsulotlar “TV5Monde”, “M6”, “RTL”, “Net5”, “Tvn”, “Ntvnorge”, «2M Maroc», “Quatr”, “Antena3”, «Rai 2», «TV5Quebec Canada» va boshqa o‘ndan ortiq telekanal orqali Yevropa hamda dunyoning boshqa mamlakatlarida namoyish etiladi.

Mavzuga oid

Erondan munosabat: Alisher Navoiyning be...

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yillik sanasiga Eron adabiyotsh...

Niderlandiyada Alisher Navoiy tavalludin...

Mamlakatimizning Belgiyadagi elchixonasida ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alishe...

O‘zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynbe...

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar st...

So`nggi yangiliklar